“O‘zekspomarkaz” AJ pavilyonlar 3
O’zbekiston SSP
2026 yil 25–27 mart kunlari Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Milliy koʻrgazmalar majmuasi «Oʻzekspomarkaz» maydonida «Made in Afghanistan Expo – Tashkent 2026» koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Tadbirda Afgʻonistondan 120 dan ortiq tadbirkor va kompaniya vakillari ishtirok etib, oʻz mahsulotlari va hamkorlik takliflarini taqdim etadi.
Koʻrgazmaning asosiy yoʻnalishlari:
Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (quruq va yangi mevalar, yongʻoqlar, zaʼfaron va boshqalar);
Anʼanaviy hunarmandchilik mahsulotlari (gilamlar, toʻqimachilik, zargarlik buyumlari);
Sanoat va ishlab chiqarish mahsulotlari.
Koʻrgazma doirasida 28–29 mart kunlari B2B uchrashuvlar, biznes muloqotlar, eksport-import muzokaralari tashkil etiladi va investitsiyaviy hamkorlik uchun qulay maydon yaratiladi.
Barcha tadbirkor va biznes soha vakillarini yangi hamkorlar topish va biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun ushbu koʻrgazmada ishtirok etishga taklif etamiz.
Batafsil maʼlumot uchun:
+998 99 995 38 16
+998 97 446 09 00