“O‘zekspomarkaz” MKK AJ
Boshqaruv raisining
30.04.2026 yildagi
43-ICh-sonli buyrug‘iga
3-ilova
“TOSHKENTLEND” BOLALAR BOG’IGA TASHRIF BUYURISH QOIDALARI
1. UMUMIY QOIDALAR1.1. “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasi AJ ga qarashli, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 107-uyda joylashgan “Toshkentlend” bolalar bog‘i ko‘p funksiyali attraksionlar bog’idir. Attraksionlar ilmiy asosda ishlab chiqilgan va xavfsiz bo‘lib, ularning to‘g‘ri foydalanilishi inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaydi.
1.2. Mazkur Qoidalar bolalar bog’iga tashrif buyurish tartibini belgilaydi va barcha tashrif buyuruvchilar uchun majburiydir. Tashrif buyuruvchilar bog’ga kirishdan oldin ushbu qoidalar bilan tanishishlari shart. Bog’ga kirgan har bir shaxs mazkur Qoidalar bilan tanishganini va ularga so‘zsiz rioya qilishini avtomatik ravishda tasdiqlaydi. Qoidalar qo‘pol buzilgan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan hollarda, ma’muriyat kirishni rad etish huquqiga ega.
1.3. Ma’muriyat Qoidalarga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Amaldagi tahrirlar rasmiy stend va/yoki veb-saytda e’lon qilinadi. Attraksionlardan foydalanish qoidalari har bir attraksionning kirish qismida joylashtiriladi.
1.4. Bog’ning ish tartibi, qo‘shimcha xizmatlar va narxlar kirish qismida joylashgan bo‘lib, ma’muriyat tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
1.5. Bog’ hududida turli attraksionlar va o‘yin majmualari mavjud bo‘lib, ular uchun alohida foydalanish qoidalari amal qiladi. Ular bilan oldindan tanishish va qat’iy rioya qilish shart:
- xizmatlardan foydalanishni boshlashdan oldin mazkur Qoidalar hamda bog’ning axborot stendlarida joylashtirilgan boshqa ma’lumot materiallari bilan mustaqil ravishda tanishish;
- qoidalarga rioya qilish;
- attraksiondan foydalanish vaqtida xavfsizlikka taalluqli bo‘lgan boshqaruv pulti operatorlarining talablarini bajarish;
- jamoat tartibiga rioya qilish va mulkka ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish.
2. TASHRIF BUYURUVCHILARNING HUQUQLARI2.1. Mazkur Qoidalar doirasida bog’ xizmatlaridan foydalanish.
2.2. Birinchi tibbiy yordam olish.
2.3. Havaskor foto va video suratga olish.
2.4. 95-156-22-22 telefoni orqali ma’lumot olish.
2.5. Qo‘shimcha haq evaziga restoran va savdo nuqtalaridan foydalanish.
2.6. Bog' xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha har qanday noaniqliklar yuzaga kelganda, zarur ma’lumotlarni olish uchun bog’ning mas’ul xodimlariga murojaat qilish.
3.1. Qoidalarga rioya qilish, boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, mulkka ehtiyotkor bo‘lish.
3.2. Qo‘riqlash xodimlari talabiga binoan shaxsiy buyumlarni ko‘rikdan o‘tkazishga taqdim etish.
3.3. Attraksionlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish. Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ruxsatisiz attraksionlar hududiga o‘zboshimchalik bilan kirish taqiqlanadi. Attraksionlardan foydalanish uchun chipta faqat bog’ kassasidan sotib olinadi.
3.4. Attraksionlarga tashrif buyurishda o‘z sog‘lig‘i va bolalar sog‘lig‘i holati, shuningdek individual xususiyatlarini inobatga olgan holda xavf darajasini mustaqil baholash.
3.5. Attraksionda bo‘lish davomida xavfsizlik bo‘yicha boshqaruv pulti operatorlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga amal qilish.
3.6. Jarohat olgan taqdirda keskin harakatlar qilmaslik, zudlik bilan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga yoki boshqa tashrif buyuruvchilarga tibbiy yordam zarurligi haqida signal berish.
3.7. Favqulodda holatlar, yo‘qolgan buyumlar va xavfsizlikka tahdid soluvchi boshqa vaziyatlar yuzaga kelganda darhol bog’ xodimlariga xabar berish.
3.8. Bog’ mulki va o‘simliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, tozalikni saqlashga ko‘maklashish hamda sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish.
Bolalar bilan tashrif buyuruvchilar uchun:3.9. Voyaga yetmagan tashrif buyuruvchilar doimiy ravishda kattalar nazoratida bo‘lishi shart.
3.10. Ota-onalar yoki bolalar bilan birga kelgan shaxslar bog’ hududida bo‘lgan vaqt davomida o‘z farzandlari yoki ularga ishonib topshirilgan bolalarning xulq-atvorini nazorat qilishlari, shuningdek bolaning bog’ga tashrif buyurishi va attraksionlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishlari shart.
3.11. Attraksionlarga tashrif buyurishda ota-onalar va bolalar bilan birga kelgan shaxslar attraksionlardan foydalanish qoidalariga, bo‘y, vazn va yosh bo‘yicha cheklovlarga e’tibor berishlari shart.
3.12. Sport jihozlarini ijaraga berish punktlariga tashrif buyurilganda ota-onalar hamda bolalar bilan birga kelgan shaxslar jihozlardandan xavfsiz foydalanish qoidalariga e’tibor berishlari shart.
4. TASHRIF BUYURUVCHILARGA TAQIQLANADI4.1. Alkogol, giyohvandlik yoki zaharlanish holatida bo‘lish. Hududga alkogolli ichimliklar, giyohvand moddalar, oson yonuvchi, zaharlovchi, toksik va zaharli moddalar, buyumlar yoki suyuqliklar, gaz ballonchalari, turli turdagi qurollar, sanchuvchi va kesuvchi buyumlarni olib kirish. Pirotexnika vositalaridan foydalanish.
4.2. Avtotransport vositalari va motorollerlar bilan kirish. Hududga uy va yovvoyi hayvonlar bilan kirish. Tarvuz, qovun va boshqa poliz ekinlarini olib kirish. Hududni ifloslantirish, chiqindilar tashlash va gulxan yoqish. Maxsus ajratilmagan joylarda chekish. Quyoshda yarim yalang‘och yoki yalang‘och holda toblanish, cho`milish va baliq ovlash. Velosiped, samokat, rolikli konkilar, skeytbord, skuter va shunga o‘xshash vositalarda yurish.
4.3. Xizmat xonalariga kirish.
4.4. Bog’ mulki va o‘simliklariga zarar yetkazish, ularni buzish yoki shikastlash
4.5. Professional uskunalardan foydalangan holda tijorat foto va video suratga olish faqat oldindan kelishuv asosida ruxsat etiladi.
4.6. Ma’muriyat ruxsatisiz:
- savdo, reklama, targ‘ibot;
- ommaviy tadbirlar;
- quloqchinlarsiz audio yozuvlarni tinglash, ovoz kuchaytiruvchi vositalardan foydalanish, musiqa asboblarini chalish.
- elektr qurilmalarni ulash.
5.1. Tashrif buyuruvchi aybi bilan bolalar bog‘i mulkiga zarar yetkazilgan yoki u buzilgan taqdirda, yetkazilgan zarar to‘liq hajmda qoplanishi shart. Kompensatsiya (tovon puli) miqdori ta’mirlash yoki almashtirish qiymati asosida belgilanadi.
5.2. Mazkur Qoidalar buzilgan taqdirda, bog’ ma’muriyati tashrif buyuruvchini hududdan chiqib ketishni so‘rash, unga kirishni va xizmatlardan foydalanishni rad etish huquqiga ega. Qoidabuzarlarga attraksionlar uchun to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi.
5.3. Bog’ hududida tashrif buyuruvchilar haddan tashqari ko‘payib, noqulaylik yoki sog‘liq uchun xavf tug‘dirgan hollarda, ma’muriyat chipta sotishni va bog’ga kirishni vaqtincha to‘xtatish huquqiga ega.
5.4. Bog’ ma’muriyati bog’ faoliyatini yaxshilash maqsadida ushbu Qoidalar va boshqa tartibga soluvchi yo‘riqnomalarga bir tomonlama asosda asosli o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.5. Tashrif buyuruvchilar tomonidan ushbu Qoidalar buzilishi natijasida yuzaga kelgan baxtsiz hodisalar uchun ma’muriyat javobgar emas.
5.6. Ma’muriyat bog’ ishini belgilangan ish vaqtidan oldin yakunlash huquqiga ega.
5.7. Qarovsiz qoldirilgan shaxsiy buyumlar uchun bog’ ma’muriyati javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
6. QO‘SHIMCHA6.1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, jumladan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, sanitariya va yong‘in xavfsizligi me’yorlari asosida ishlab chiqilgan.
6.2. Jismoniy imkoniyati cheklangan tashrif buyuruvchilarga obyektning texnik imkoniyatlari doirasida bog’ xodimlari tomonidan yordam ko‘rsatilishi mumkin.
6.3. Ma’muriyat tashabbusi bilan bog’ muddatidan oldin yopilgan taqdirda, kompensatsiya (tovon puli) berilishi yoki tashrif boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin.
6.4. “Toshkentlend” bolalar bog’i hududida tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash, qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 24 soat davomida videokuzatuv olib boriladi. Videoyozuvlar zarurat tug‘ilganda foydalanilishi hamda belgilangan tartibda vakolatli organlarga taqdim etilishi mumkin.