“O‘zekspomarkaz” MKK AJ
Boshqaruv raisining
30.04.2026 yildagi
43-ICh-sonli buyrug‘iga
1-ilova
1.1. “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompaniyasi AJ ga qarashli, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 107-uyda joylashgan Yapon bog‘i madaniy dam olish va hordiq chiqarish maskani hisoblanadi.
1.2. Mazkur Qoidalar Yapon bog‘iga tashrif buyurish tartibini belgilaydi va barcha tashrif buyuruvchilar uchun majburiydir. Ushbu Qoidalar qo‘pol ravishda buzilgan, jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan hollarda, Yapon bog‘i ma’muriyati tashrif buyurishni va xizmat ko‘rsatishni rad etish huquqiga ega.
1.3. Yapon bog‘i ma’muriyati ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Barcha amaldagi tahrirlar rasmiy axborot stendida va/yoki kompaniya saytida joylashtiriladi.
1.4. Bog‘ning ish tartibi, qo‘shimcha xizmatlar ro‘yxati va narxlar kirish qismida joylashtiriladi hamda ma’muriyat tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
2. TASHRIF BUYURUVCHILARNING HUQUQLARI2.1. Ushbu Qoidalar doirasida Yapon bog‘ining barcha mavjud xizmatlaridan foydalanish.
2.2. Bog’ faoliyati va o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida 95-156-22-22 telefoni orqali ma’lumot olish.
3. TASHRIF BUYURUVCHILARNING MAJBURIYATLARI3.1. Mazkur Qoidalarga rioya qilish, boshqa tashrif buyuruvchilar va xodimlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, bog‘ mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
3.2. Kirishda chipta xarid qilish. Chipta sotib olish Qoidalar bilan tanishilganini va ularga rozilik bildirilganini anglatadi.
3.3. Zarurat bo‘lganda, qo‘riqlash xodimlarining iltimosiga ko‘ra shaxsiy buyumlarni axloqiy me’yorlarga muvofiq vizual ko‘zdan kechirish uchun taqdim etish.
3.4. Favqulodda holatlar, unutilgan buyumlar yoki xavfsizlikka oid boshqa tahdidlar yuzaga kelganda darhol bog’ xodimlariga xabar berish.
3.5. Voyaga yetmagan tashrif buyuruvchilar doimiy ravishda kattalar nazoratida bo‘lishi shart.
4. TASHRIF BUYURUVCHILARGA TAQIQLANADI4.1. Alkogol, giyohvandlik yoki zaharlanish holatida bo‘lish.
4.2. Alkogolli ichimliklar, giyohvand moddalar, pirotexnika vositalari, qurol va gaz ballonchalarini olib kirish yoki iste’mol qilish.
4.3. Har qanday turdagi pirotexnika vositalaridan foydalanish: qarsildoq pirotexnika vositalari, bengal chiroqlari, feyerverklar, salyutlar, tutunli shashkalar, shuningdek yaltiroq yoki konfetti solingan sharlar.
4.4. Hududni ifloslantirish, chiqindilarni tashlash, gulxan yoqish.
4.5. Kungaboqar urug‘larini (semechka) sochish va iste’mol qilish.
4.6. Maysazorga zarar yetkazuvchi suv o‘tkazmaydigan asosli pled va gilamchalardan foydalanish, shuningdek havo o‘tkazmaydigan yostiq, ko‘rpa va pledlarni olib kirish.
4.7. Suv havzalarida cho‘milish, ruxsat etilmagan joylarda quyoshda toblanish, yarim yalang‘och holda yurish.
4.8. Faol o‘yinlar o‘ynash (futbol, badminton va boshqalar); to‘plar, skeytbordlar, samokatlar, velosipedlar, roliklarni olib kirish.
4.9. Tinchlikni buzish, ovoz kuchaytiruvchi uskunalardan foydalanish, quloqchinsiz musiqa eshitish.
4.10. Ma’muriyatning yozma ruxsatisiz foto va video suratga olish, reklama va savdo aksiyalarini o‘tkazish.
4.11. Xizmat xonalariga kirish.
4.12. Hayvonlar bilan kirish.
4.13. Bolalarni qarovsiz qoldirish.
4.14. Xodimlar va qo‘riqlash xizmatining vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish.
4.15. Bog’ hududiga poliz ekinlarini (tarvuz, qovun va boshqalar) olib kirish va iste’mol qilish.
5. JAVOBGARLIK5.1. Tashrif buyuruvchi aybi bilan Yapon bog‘i mulkiga zarar yetkazilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, u zararni to‘liq qoplashga majbur. Qoplash summasi ta’mirlash yoki almashtirish qiymatiga asosan belgilanadi.
5.2. Ma’muriyat ushbu Qoidalar buzilishi oqibatida yuzaga kelgan baxtsiz hodisalar uchun javobgar emas.
5.3. Ma’muriyat qarovsiz qoldirilgan shaxsiy buyumlar uchun javobgar emas.
5.4. Zarurat tug‘ilganda ma’muriyat bog‘ ish faoliyatini muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga ega.
6. QO‘SHIMCHA6.1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda sanitariya va yong‘in xavfsizligi me’yorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
6.2. Jismoniy imkoniyati cheklangan tashrif buyuruvchilarga obyektning texnik imkoniyatlari doirasida yordam ko‘rsatilishi mumkin.
6.3. Bog‘ ma’muriyati tashabbusi bilan muddatidan oldin yopilgan taqdirda, kompensatsiya (tovon puli) yoki tashrifni boshqa kunga ko‘chirish taqdim etilishi mumkin.
6.4. Yapon bog‘i hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash va belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida videokuzatuv olib boriladi. Videoyozuv O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.