Ру Ўз O'z En

Quruvchilar uchun qoidalar

“O`zekspomarkaz” MKK AJ hududida ko`rgazma stendlari va

ekspozitsiya quruvchilarining ishlarini tashkil etish

QOIDALARI

           1. Umumiy qoidalar

  1. 1.1. Ushbu qoidalar “O`zekspomarkaz” MKK AJ bo`limlari va xizmatlari tomonidan quruvchilarning faoliyatini boshqarish, o`zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish va ishlarini nazorat qilish uchun mo`ljallagngan.

    1.2. Qoidalar ko`rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini qurilishida qurish texnologiyasi va yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishni, ularni ko`rgazma ishtirokchilariga o`z vaqtida topshirishni, montaj va demontaj ishlarida tozalik, tartib va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni tartibga soladi.

    1.3. Qoidalar “O`zekspomarkaz” MKK AJ hududida ko`rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini quruvchilarining ishlarni tashkil etish uchun ishlab chiqilgan va barcha ko`rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini quruvchilar (mahalliy va xorijiy) uchun majburiydir.

    1.4. Quruvchilarga, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun, ushbu qoidalarda nazarda tutilgan barcha zarur kelishuvlarni rasmiylashtirish va nizomlarni bajarish sharti bilan yozma ruxsatnomalar rasmiylashtirish orqali “O`zekspomarkaz” MKK AJ hududida ko`rgazma uskunalari, materiallar va ko`rgazma stendlari konstruksiyalarini olib kirish/olib chiqish va montaj/demontaj ishlarini bajarish uchun ruxsat beriladi.

    1.5. Agar ko`rgazma tadbirining ishtirokchisi montaj va demontaj ishlarini mustaqil ravishda amalga oshirsa, unda ushbu qoidalarga asosan, montaj va demontaj ishlari davrida ishtirokchiga nisbatan quruvchi maqomi qo`llaniladi.

    1.6. Quruvchi korxona akkreditatsiyadan o`tkazish xizmati uchun bir martalik to`lov “O`zekspomarkaz” MKK AJ tomonidan tasdiqlangan normativiga muvofiq ko`rgazma doirasida undiriladi.

    1.7. Ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish ko`rgazmalar va ko`rgazma xizmati bo`limiga, texnik xizmat muhandislari va ko`rgazma tashkilotchisi direktsiyasiga yuklanadi.

        2. Ko`rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini montaj va demontaj ishlarini kelishish reglamenti.

    2.1. Quruvchi ko`rgazmaning montaj ishlari boshlanishidan 7 kun oldin stend rejalari va ko`rgazma stendlarini qurishda ishlatiladigan materiallarining spetsifikatsiyalarini, shuningdek, quriladigan stend haqidagi barcha ma`lumotlarni (stend rejalari, elektr tarmog`I, fermalarga mahkamlash, agar mavjud bo`lsa) sanitariya, texnika va yong`in xavfsizligi me`yorlariga muvofiqligini kelishish uchun “O`zekspomarkaz” MKK AJga taqdim etishi shart. Shuningdek, ko`rgazma montaj ishlari boshlanishidan 7 kun oldin asosiy va qo`shimcha xizmatlar ko`rsatish uchun yozma ariza taqdim etiladi.

    2.1.1. “O`zekspomarkaz” MKK AJ quruvchi korxona bilan akkreditatsiya xizmatlari ko`rsatish bo`yicha shartnoma tuzadi. “O`zekspomarkaz” MKK” AJ mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ko`rib chiqilgandan so`ng va quruvchi korxona tomonidan shartnoma to`lovi amalga oshirilgach, ushbu ko`rgazma uchun akkreditatsiya xati (ma`lumotnoma) beriladi.

    2.2. Ko`rgazma stendi va ekspozitsiyani qurish va o`rnatish uchun ishlatiladigan va olib kiriladigan barcha qurilish materiallari, ularning yong`in xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan ishlab chiqaruvchining texnik shartlari, yong`inga qarshi ishlov berilganligini tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar oldindan taqdim etilishi kerak.

    2.3. Quruvchi ish boshlanishidan 10 ish kuni oldin “O`zekspomarkaz “MKK” AJga montaj va demontaj ishlarini amalga oshirishda umumiy rahbarlikni ta`minlash uchun ma`sul shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, aloqa vositasining raqamlarini hamda pavilon va ko`rgazma maydonlarida ishga jalb qilinadigan xodimlar (montajchilar) ro`yxatini, pasportlarining nusxalarini yozma ravishda taqdim etishi shart.

    2.4. Ko`rgazma stendini qurish va o`rnatish paytida yong`in xavfsizligi, mehnatni muhofaza va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish uchun javobgarlik ishlab chiqaruvchining mas`ul shaxsiga yuklanadi.

    2.5. Quruvchining mas`ul shaxsi ish boshlanishidan avval ishchilar (montajchilar) bilan mehnat muhofazasi, yong`in va elektr xavfsizligi qoidalariga muvofiq tegishli yo`riqnomalar o`tkazishi va bilimlarini tekshirish orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishi kerak.

    2.6. Xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalarini bilishlari va ularga rioya qilishlari kerak: ko`rgazma maydonlari hududida chekish (buning uchun maxsus jihozlangan joylar bundan mustasno) va ishdan oldin va ish paytida spirtli ichimliklar ichish, shuningdek, ish joyida giyohvandlik va toksikologik mastlik holatida bo`lish man etiladi.

    2.7. Quruvchi ko`rgazma binolarida texnologik, ko`rgazma va boshqa jihozlarni joylashtirishda loyiha standartlariga muvofiq favqulotda chiqishlar va o`tish joylarini ta`minlashi, shuningdek, elektr panellari va yong`in kranlariga o`tish yo`laklari qoldirishi shart.

    2.8. Har bir ko`rgazma stendida ushbu qoida talablarini bajarish va yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish uchun quruvchi tashkilot nomi, mas`ul shaxsning familiyasi, ismi va sharifi, shuningdek mobil telefon raqami ko`rsatilgan ma`lumot tablichkasi o`rnatilgan bo`lishi kerak.

    2.9. Ko`rgazma stendlarini qurilishida faoliyat ko`rsatayotgan quruvchi tashkilot montajchilarining shtat tarkibi bajarilayotgan ish xususiyati va shartlariga muvofiq mehnat xavfsizligini ta`minlovchi maxsus kiyim (kostyum va shim yoki kombinzon va mavsum bo`yicha futbolkalar, qo`lqoplar, muhofaza bosh kiyimlari), maxsus poyabzal va boshqa himoya vositalari (xavfsizlik kamarlari, himoya ko`zoynaklari) kiygan bo`lishlari kerak. Stend qurilishida ishlaydigan har bir ishchi kiyimiga montaj tashkilotining nomi tushirilgan va montajchining familiyasi, ismi va sharifi ko`rsatilgan beydjikga ega bo`lishi kerak.

    2.10. Eksklyuziv ko`rgazma stendini (standart bo`lmagan tuzilmalar va elementlardan yig`iladigan) oldindan montaj, yig`ish va bo`yash ishlari ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish maydonlarida amalga oshiriladi, keyinchalik alohida modulli tuzilmalar va elementlari “O`zekspomarkaz” MKK’’ AJga yetkazib keltirilib, yig`ish ishlari amalga oshiriladi.

    “O`zekspomarkaz” MKK” AJ pavilonlari ichida arralash, kesish, qirib tashlash, tekkislash, bo`yoq berish, materiallarni qayta ishlash va boshqa ishlarni bajarishga yo`l qo`yilmaydi.

    Ko`rgazma maydonchasida stendlarni montaj ishlari qurilish materiallaridan foydalangan holda ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish maydonlarida oldindan tayyorlangan, tekkislangan va bo`yalgan modulli tuzilmalaridan iborat stend elementlaridan amalga oshiriladi.

    Istisno tariqasida, faqat ko`rgazma stendlarining tarkibiy elementlarini chang yig`uvchi qurilma o`rnatilgan elektr asboblari yordamida stendga sozlab o`rnatish va ulangan joylarini bo`yashga ruxsat beriladi.

    2.11. Balandlikda ishlash ishlarini quruvchining qurilish ishlari bo`yicha mas`ul xodimi ishtirokida amalga oshirilishi kerak. Narvonlar, qurilish lesalari va ko`tarish mexanizmlari yordamida balandlikda bajariladigan ishlarni bajarishda xavfsizlik moslamalari va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish lozim. Yuklash va tushirish ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak.

    2.12. Agar stendni o`rnatishda pavilonning yuqoridagi metall konstruksiyalariga mahkamlashni talab qilsa, mahkamlash ishlarini faqat “O`zekspomarkaz” MKK” AJ montajchilari oldindan berilgan buyurtma asosida amalga oshirish huquqiga ega.

    2.13. Elektr asboblari bilan ishlaganda shaxsiy himoya vositilaridan (ShXB) foydalanish, elektr asboblari va boshqa elektr jihozlaridan foydalanish to`xtatilganda, ularni elektr quvvatidan uzib qo`yish kerak.

    2.14. Ko`rgazma stendlarini o`rnatish va yig`ish, qadoqlangan tara va elementlarni ochish bo`yicha barcha ishlar ishtirokchi ijaraga olgan maydon doirasida amalga oshirilishi kerak, ko`rgazma stendlari orasida o`tish joylari yuk tarasi, qadoqlash, qurilish materiallari, konstruktsiya, uskunalar va eksponatlardan xoli bo`lishi kerak.

    Yukdan bo`shatilgan taralar (qutilar, paddonlar, palletlar va boshqalar) darhol “O`zekspomarkaz” MKK” AJ pavilonlari hududidan tashqariga yoki saqlash uchun tegishli to`lovni amalga oshirib, vaqtincha saqlash omboriga olib chiqilishi kerak.

    2.15. Yuk tarasi va ko`rgazma mulkini ochish paytida hosil bo`lgan, kichik qurilish va ko`rgazma chiqindilarini, quruvchi ko`rgazma zallarining transport eshiklari orqasidagi maxsus ajratilgan joylarga (konteynerlarga) olib chiqishi shart.

    Yog`och, plastmassa, (DSP,DVP,orgalit,plastik) va boshqa shunga o`xshash materiallardan tayyorlangan yuk taralari va boshqa katta hajmdagi qadoqlarni, quruvchi ko`rgazmani montaj va demontaj qilish uchun belgilangan vaqtda “O`zekspomarkaz” MKK AJ hududidan tashqariga olib chiqib ketishi kerak.

    2.16. Quruvchiga quyidagilar taqiqlanadi:

  • “O`zekspomarkaz” MKK” AJ bilan kelishmasdan turib, yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirish uchun avtotransportning ko`rgazma zaliga kirishi;
  • Statsionar elektr panellari, texnologik lyuklar, yong`in shkaflari va boshqa muhandislik uskunalari o`rnatilgan joylardan qurilish konstruksiyalarini montaj qilish;
  • Yog`ochni qayta ishlash uskunalarini ko`rgazma zallariga olib kirish va ular orqali arralash, tekislash va boshqa duradgorlik ishlarini bajarish;
  • Ko`rgazma stendining tarkibiy qismlarini qurish bilan bog`liq payvandlash, arralash, silliqlash, bo`yash, metallga kesish uskunasi va burchak-silliqlash mashinalari (bolgarka) bilan ishlov berish, shuningdek, pavilon va ko`rgazma maydonlari ichida har qanday yong`in (olov) ishlarini bajarish;
  • Pavilonlarga bosimli idishlarni, shuningdek tez yonuvchan, zaxarli moddalar va materiallarni olib kirish;
  • O`rnatilgan ko`rgazma stendining konstruktsiyalarini to`liq bo`yash bilan bog`liq bo`yoq ishlarini bajarish;
  • Ko`rgazma pavilonlarining pollari, devorlari va ustunlariga bo`yoq, lak, yelim, yoki boshqa olib tashlash qiyin bo`lgan qoplamani oshirish;
  • Pavilon va ko`rgazma maydonlari pol qoplamalarida, devorlarida, ustunlarida turli xil teshik teshish ishlarini amalga oshirish;
  • Ko`rgazma pavilonining ship metal konstruktsiyasiga ko`rgazma stendi konstruktsiyalari va reklama vositalarini osib qo`yish;
  • Yuklarni tashish ishlarida polga to`shalgan gilam qoplamasi ustidan yuk tashish moslamasini haydab o`tish yoki bosib o`tish;
  • Ko`rgazma stendini montaj qilish maydonida zaruratsiz qolish;
  • Ko`rgazma stendini o`rnatish maydonidan tashqarida tashqarida materiallar, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa shaxsiy buyumlarni joylashtirish va saqlash;
  • Qurilish-montaj ishlari, dam olish va ovqatlanish vaqtida boshqa quruvchilarning stendlaridan va ko`rgazma ishtirokchilariga olib kelingan mebel va jihozlardan foydalanish;
  • Ko`rgazma mebellari va jihozlarini ko`rgazma stendining o`rnatish maydonidan tashqariga olib chiqish;
  • Ko`rgazma zalining devorlariga, ustunlariga derazalariga va eshiklariga har qanday qurilish konstruktsiyalari va materiallarni suyab quyish;
  • Ma`lumot belgilarini devorlarga, oynalarga ustunlarga, ko`rgazma zalining poliga, yong`in shkaflariga va zalning boshqa ichki elementlariga yopishtirish va joylashtirish;
  • “O`zekspomarkaz” MKK” AJ hududidagi ochiq maydonlari va pavilonlarining mramor, kafel, beton, asfalt va bruschatkali pol qoplamalariga zarar yetkazish;
  • Stendlarni demontaj qilishda stend konstruktsiyalarini polga ag`darish va stendning alohida elementlarini yuqoridan yerga tashlab yuborish;
  • Stend yuza qismini yuvish uchun benzin, kerosin, nitro erituvchilar va boshqa tez yonadigan aralashmalardan foydalanish;
  • Spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalar ta`siri ostida mast holatda bo`lgan quruvchining xodimlariga montaj yoki demontaj ishlarini bajarishga ruxsat berilmaydi.

2.17. Quruvchi to`lovni amalga oshirgandan so`ng, “O`zekspomarkaz” MKK AJ inventlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

2.18. Standart stendlarni badiiy bezashda quruvchi ko`rgazma uskunalarida yelim yoki ifloslanish izlarini qoldirmaydigan yuqori sifatli orakal (o`z-o`zidan yopishqoq plyonka)dan foydalanishi kerak.

2.19. Ko`rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini demontaj qilish faqat ko`rgazma tugagandan so`ng boshlanishi mumkin va har kuni demontaj muddatining oxirgi kunigacha soat 18:00 dan kechiktirmasdan uzaytirishga ruxsat olinishi kerak, agar ushbu ko`rgazma uchun demontajni tugatish vaqti maxsus belgilanmagan bo`lsa.

2.20. Quruvchi “O`zekspomarkaz” MKK” AJ hududida stend elementlarini o`rnatishni boshlash uchun kelishilgan muddatlarda olib kirish va demontaj qilishning bir kunidan kechiktirmay olib chiqish, shuningdek, taqdim etilgan ko`rgazma maydonlarini belgilangan muddatlarda bo`shatib qo`yish va dastlabki holatiga keltirish majburiyatini oladi.

2.21. Ko`rgazma stendlarining barcha ko`rgazma mol-mulki, badiiy bezaklari, jihozlari va konstruktsiyalari (materiallar, uzellar, detallar) demontaj muddati tugagunga qadar “O`zekspomarkaz” MKK” AJ hududidan tashqariga olib chiqilishi kerak.

2.22. Quruvchi, demontaj ishlarini yakunlaganidan so`ng, ko`rgazma stendi uchun taqdim etilgan maydonni qurilish chiqindilari, axlat, pol qoplamalari, yopishqoq lenta, dog` va yelimdan tozlalashi lozim.

  1. Elektr ishlarini bajarish uchun qo`yilgan talablar:

3.1. Ko`rgazma ishtirokchilarining stendlarida elektr ishlarini bajarish uchun faqat tegishli sertifikatlarga ega bo`lgan tashkilotlar ishga qo`yiladi.

Elektr xodimlariga qo`yiladigan talablarga javob beradigan va elektr xavfsizligi bo`yicha tegishli malakaga ega bo`lgan shaxslarga ko`rgazma stendlarida elektromontaj ishlarini bajarish va elektr jihozlariga tezkor xizmat ko`rsatish uchun ruxsat beriladi.

3.2. Barcha elektromontaj ishlari Elektr energetikasi nazorati davlat agentligi boshlig`ining buyrug`i bilan tasdiqlangan (2004 yil 13-fevraldagi 84-son) “Elektr inshootlarini qurish qoidalari”, iste`molchilarning elektr inshootlarini ishlatish paytida texnika xavfsizligi qoidalari (2004 yil 2 avgustdagi 271-son) va boshqa me`yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

3.3. Elektr ishlari eksponent tomonidan taqdim etilgan ko`rgazma stendining reja-sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi, unda elektr ta`minoti uskunalari va yoritgichlarning joylashishi, elektr ta`minoti kuchlanishi, uskunaning har bir birligi uchun yuklarning maksimal quvvati, elektr jihozlarning elektr ta`minoti manbalariga ulanish nuqtalari ko`rsatilishi kerak.

3.4. Xodimlar elektromontaj ishlariga qabul qilingan paytdan boshlab xodimlarning texnika xavfsizligi talablariga rioya qilishini nazorat qilish quruvchining mas`ul shaxsiga yuklanadi.

3.5. Tok o`tkazuvchi uchastkalardagi (yoki ularga yaqin bo`lgan) barcha elektromontaj ishlari faqat elektr quvvatini uzib qo`ygan holda amalga oshirilishi kerak.

3.6. Elektr tarmoqlarini ochiq yotqizishda, agar ularning mexanik shikastlanish xavfi bo`lmasa, yonmaydigan qobiqli kabellardan foydalanish kerak.

3.7. Ochiq joylarda va odamlar o`tadigan joylarda kabel maxsus traplar bilan yopilishi kerak.

3.8. Himoyalanmagan elektr simlarini yotqizish va yonadigan konstruktsiyalarga yoritish moslamalarini o`rnatish taqiqlanadi.

3.9. Simlar va kabellarning barcha ulanishlari va tarmoqlari faqat maxsus qisqichlar va ulagichlar bilan amalga oshirilishi kerak, simlarni to`g`ridan-to`g`ri ulash orqali elektr qabul qiluvchilarni elektr tarmog`iga ulash taqiqlanadi.

3.10. Ekspozitsiya stendining 380/220v (guruh elektr paneli) kirish qurilmasiga ulanadigan quvvat kabeli to`rt simli bo`lishi kerak va bir fazali elektr tarmog`iga ulanadigani, ikki simli bo`lishi kerak.

3.11. Stendning metal konstruktsiyalari “Elektr inshootlarini qurish qoidalari” talablarga muvofiq nollashtirish kerak.

3.12. Ko`chma yoki tashuvchan tok qabul qiluvchilarni ulash uchun egiluvchan similar, kabellardan foydalanish va ularni mexanik shikastlanishdan himoya qilish zarur.

3.13. Har bir stend HO`M ( himoya o`cherish moslamasi) bo`lgan guruh elektr paneli bilan jihozlangan – YIQQ talablariga muvofiq va yoritish tarmog`I va texnologik uskunalarning elektr ta`minoti tarmog`I shuningdek, kun bo`yi elektr ta`minoti tarmog`I shuningdek, kun bo`yi elektr ta`minoti kuchlanishini ta`minlash kerak bo`lgan uskunalar ( muzlatgichlar, fakslar va boshqalar) tarmog`i, tegishli hisoblar asosida kuchlanishlarni haddan tashqari oqimlar va yuqori kuchlanishdan himoya qiluvchi alohida qurilmalar bilan jihozlangan bo`lishi kerak.

3.14. Elektr quvvatni taqsimlash va kirish qurilmalariga erkin kirish yo`lini ta`minlash kerak.

3.15. Stendlarni yoritish uchun yong`inga xavfli xonalarga o`rnatishga mo`ljallangan elektr yoritgichlardan (svetelnik) foydalanish kerak. Organik shisha, polistirol va boshqa yonuvchan materiallardan tayyorlangan yoritgichlarning yorug`ligini tarqatish moslamasidan foydalanishga ruhsat berilmaydi.

3.16. Elektr montaj ishlari tugagandan so`ng, quruvchining mas`ul shaxsi elektr ishlarini bajarish sifatini tekshiradi va “O`zekspomarkaz” MKM” AJ elektr montyori bilan birgalikda reja-sxemaga muvofiq elektr ta`minoti manbaasiga ulash ishlari amalga oshiradi.

3.17. Ko`rgazma tugagandan so`ng elektr ta`minoti manbaasidan uzish “O`zekspomarkaz” MKK” AJ elektrotexnika xodimlari tomonidan elektr jihozlarini demontaj qilish uchun mas`ul shaxsning buyurtmasiga binoan amalga oshiriladi.

3.18. Stend elektr johozlarini tegishli elektr manbaidan o`chirish va demontaj qilish ishlari montajni amalga oshirgan xodimlar tomonidan bajariladi.

3.19. Elektrotexnika ishlari (stendlar va ko`rgazmalarni quvvat manbalariga ulash), siqilgan havo bilan ta`minlash bo`yicha ishlar, shuningdek, barcha santexnika ishlari faqat “O`zekspomarkaz” MKK AJ mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

3.20. Quruvchi stendlarni montaj (demontaj) qilish ishlarida elektr asboblarni quvvat manbaiga ulash uchun ko`rgazma pavilonlarining perimetri bo`ylab joylashgan statsionar elektr rozetkalaridan (220V 16A) foydalanadi.

3.21. Elektr dvigatellar, boshqaruv moslamalari, tartibga solish va ishga tushirish, nazorat, o`lchash va himoya qilish uskunalari, yordamchi uskunalar va similar “ Elektr qurilmalarini o`rnatish qoidalari”ga muvofiq zonalar sinfiga mos keladigan va himoya darajasiga, shuningdek, qisqa tutashuv va yuqori kuchlanishdan himoya qilish moslamalariga ega bo`lishi kerak.

3.22. Elektr qurilmalarini ishlatishda quyidagilar ta`qiqlanadi:

- Ishlab chiqaruvchilarning tavsiyalariga (ko`rsatmalariga) mos kelmaydigan yoki yong`inga olib kelishi mumkin bo`lgan nosozliklar mavjud bo`lgan elektr moslamalari va qurilmalaridan foydalanish, shuningdek izolyatsiya shikastlangan va himoya xususiyatlarini yo`qotgan simlar va kabellarni ishlatish, burmalangan simlardan foydalanish;

- Rozetkalar, avtomat, o`chirib-yoqish rubilniklari va boshqa mahsulotlarini qo`yib shikastlangan joylarga o`rnatish.

  1. Qo`shimcha shartlar

4.1. Quruvchi “O`zekspomarkaz” MKM AJ mol-mulki va boshqa eksponentlarga shikast yetkazgan taqdirda, to`liq moddiy javobgarlikni o`z zimmasiga oladi.

4.2. Agar yuqorida ko`rsatilgan yoki mehnat muhofazasi, texnika va yong`in xavfsizligi elementar qoidalariga rioya qilinmasa, “O`zekspomarkaz” MKK” AJ (tashkilotlar bilan oldindan kelishilgan holda) montaj ishlarini qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar to`xtatib turish huquqiga ega.

4.3. “O`zekspomarkaz” MKK” AJ mas`ul xodimlari tomonidan ko`rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini ko`rish bo`yicha kelishilgan loyihalar bo`yicha yong`in xavfsizligi normalaridan chetga chiqishlar aniqlangan taqdirda, bu haqida quruvchining vakilini xabardor qiladi va og`ishlarni bartaraf etish bo`yicha dalolatnoma va ko`rsatmalar tayyorlashda ishtirok etadi.

4.4. Quruvchi “O`zekspomarkaz” MKK” AJga quruvchining bevosita aybi bilan yuzaga kelishi mumkin bo`lgan barcha yo`qotishlarni qoplash majburiyatini oladi.

4.5. Quruvchi “O`zekspomarkaz” MKK” AJning yozma roziligisiz ishlab chiquvchining huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga bermaslik majburiyatini oladi.

4.6. Quruvchidan yopiq jihozlanmagan ko`rgazma maydoniga buyurtma bergan ishtirokchilar “O`zekspomarkaz” MKK” AJ bilan kelishmasdan individual stendlarning elementlari sifatida standart ko`rgazma uskunalaridan (“Oktanorm” va “Maxima” turlari) foydalanishga haqli emas.

4.7. Quruvchi ijaraga olgan stend jihozlarini toza holda (yopishqoq orakal, skotchdan tozalangan holda) topshirishni o`z zimmasiga oladi.

4.8. Quruvchi ko`rgazma maydonlaridan, “O`zekspomarkaz” MKK” AJ mol-mulkidan notog`ri foydalanganligi uchun javobgardir va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.

4.9. Quruvchilar tomonidan yuqorida ko`rsatilgan qoidalar, mehnat muhofazasi va yong`in xavfsizligi qoidalari buzilgan taqdirda, “O`zekspomarkaz” MKK AJ tomonidan qoidabuzarliklarni ko`rsatuvchi dalolatnoma tuziladi. “Qoidabuzarliklar tog`risida”gi dalolatnoma asosida quruvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 50(ellik) baravarigacha bo`lgan miqdorda jarima solinadi, shuningdek, quruvchi “qora ro`yhat”ga kiritiladi, unga ko`ra quruvchi “O`zekspomarkaz” MKK AJ hududida 3(uch) yil ichida qurilish ishlarni amalga oshirish huquqini yo`qotadi.

Muhim!!!

Ko`rgazma stendlarini montaj/demontaj qilish kunlari ish vaqti soat 09:00 dan 18:00 gacha belgilangan.

Ko`rgazma ochilish kunidan oldingi kuni (kirish kuni) ish vaqti 09:00 dan 21:00 gacha belgilangan.

Agar quruvchi belgilangan muddatdan o`tib ham montaj/demontaj ishlarini bajarishi kerak bo`lsa, u “O`zekspomarkaz” MKK AJning tasdiqlangan standartlariga muvofiq qo`shimcha muddat ishlashi uchun to`lovni amalga oshirishi lozim.

Ko`rgazma nomi: _____________________________________________________________________

Quruvchi kompaniya: __________________________________________________________________

Xodimlar ro`yxati:

F.I.SH

Pasport seriyasi va raqami

F.I.SH

Pasport seriyasi va raqami

1

6

2

7

3

8

4

9

5

10

Kompaniya stendi: ___________________________________________________________________

Mas`ul shaxs _______________________________________________________________________

                                                                                                                      F.I.SH

Yuqoridagi talablarni o`qib chiqdim va ularga rioya qilishga roziman _______________________

                                                                                                                                          Imzo

Tel.raqam ______________________________

Kirish sanasi: ____________________ 2025 y.

Sana: ____________________ 2025 y.

Muloqot uchun:

Ko`rgazmalar va ko`rgazma xizmatlari bo`limi +998 71 2385600

Mehnatni muhofaza va texnika xavfsizligi muxandisi

__________________________________________________________________________________

Fuqaro muhofazasi va yong`in xavfsizligi muxandisi

__________________________________________________________________________________

Uchastka energetigi __________________________________________________________________

Bosh mexanik_______________________________________________________________________

Ko`rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini montaj va demontaj ishlarini

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech