13-16 iyun kunlari O‘zekspomarkazda Investitsiya va Tashqi Savdo Vazirligining rasmiy qo‘llab-quvatlashida Homeshow ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. MEYOS mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasi tomonidan tashkil qilinayotgan ushbu ko‘rgazmada mahalliy mebelchilar o‘z yangiliklarini chet el bayerlari — ulgurji xaridchilarga taqdim etishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Shuningdek, ko‘rgazmada mahalliy va xorijiy mehmonlar mahsulot bilan tanishib, mebel, yog‘ochni qayta ishlash, interyer va dizayn bilan bog‘liq barcha savollariga javob olishlari, shuningdek, “Home Show 2022” ko‘rgazmasida namoyish etiladigan barcha mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qo‘llanadigan barcha zarur texnika va materiallar haqida ma’lumot olishlari mumkin.
Homeshow ko‘rgazmasi 3 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi. Ya’ni:
- Homeshow — barcha turdagi mebel jihozlari ko‘rgazmasi.
Unda mebel, mahalliy va xorijiy brendlardan mebellarining eng yaxshi modellari taqdim etiladi.
- Woodshow - mebel ishlab chiqarish uchun uskuna va homashyolar ko‘rgazmasi.
Unda brendlarda soha mutaxassislariga yog‘ochsozlik mahsulotlarini taqdim qilish, O‘zbekiston bozorida o‘zini namoyish etish, ishonchli shartnomalar tuzish va yangi hamkorlar hamda distribyutorlarni topish imkoni yaratiladi.
- HoReCa - mehmonxona, restoran va kafelar uchun tayyor yechimlar ko‘rgazmasi.
Unda ovqatlanish muassasalari va mehmonxonalar uchun ko‘p ishlatilishga moslashtirilgan, mahkam va chidamli materiallardan ishlab chiqarilgan tayyor interyerlar namoyish etiladi.
Xorijiy bayerlar uchun jarayon maksimal darajada samarali va qulay bo‘lishi uchun maxsus dastur tayyorlangan. Homeshow ko‘rgazmasining dasturi:
Ko‘rgazmaning birinchi yarimida Mebel forumi doirasida ishtirokchi va tashrif buyuruvchilar orasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Unda xohlovchilar soha mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarni olishlari mumkin bo‘ladi. Ko‘rgazmaning 3-4-kunlari milliy sayil bo‘lib o‘tadi. Unda tashrif buyuruvchilarga yaxshi kayfiyat ulashish uchun hunarmandchilik shoulari, ko‘ngilochar dasturlar, sovrinli o‘yinlar uyushtiriladi.
“Home Show 2022” ko‘rgazmasining har kunida xalqimiz uchun mebelchilar tomonidan yirik sovg‘alar taqdim qilinadi. Ushbu 4 kun davomida “Home Show 2022” har xil narxdagi turli toifadagi mebellar taqdim etilgan Markaziy Osiyodagi eng katta shourumga aylanadi.
Ko‘rgazmaga barchani taklif qilamiz!
“Home Show 2022” — nafaqat mahalliy, balki xorijiy mebel va dekor ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, dizaynerlar iste’molchilar e’tiboriga uy, ofis, kafe, restoran va mehmonxonalar uchun tayyor interyer dizaynini taqdim etadigan shou formatidagi birinchi ko‘rgazma. Birinchi “Home Show” ko‘rgazmasi 2019-yilda o‘tgan bo‘lib, ulkan natijalar ko‘rsatdi: 6 ming m²ni tashkil etgan maydonda 85ga yaqin mahalliy va horijiy ichlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotini 15 mingdan ziyod tashrif buyuruvchilarga namoyish qildi.
Bosh hamkorlar: DAFNA Furniture va EMAN Materials.
Qo‘simcha ma’lumot uchun: +998 98 362 22 88; info@homeshow.uz; https://homeshow.uz/