2024 yil 27 avgust kuni “O‘zekspomarkaz” AJning 1-pavilyonida II O‘zbekiston-Belarus ayollar biznes-forumining plenar majlisi va «Made in Belarus» hamda «Made in Uzbekistan» ko‘rgazma-taqdimotlari o‘tkaziladi.
Tadbirlarda Belarus Respublikasi Milliy yig‘ilishi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi belarus delegatsiyasi hamda O‘zbekiston tomonidan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etadilar.
Belarus tomonidan biznes-forumda 100 ga yaqin ishbilarmonlar va davlat organlari vakillari qatnashmoqda. «Made in Belarus» ko‘rgazmasida 50 dan ortiq korxona va tashkilotlar Belarus Respublikasining eng yaxshi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Bu sohaga meditsina, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, texnologik jihozlar va boshqa sohalardagi unikal ixtirolar kiradi.
«Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasining yetakchi tarmoqlari ishtirok etmoqda – Uzavtosanoat, Uzkimyosanoat, Uzto‘qimachiliksanoat, Uzcharmsanoat, Uzoziq-ovqatsanoat, Uzeltexsanoat, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Uzfarmprom, Taʼlim vazirli