Ру Ўз O'z En

Ko‘rgazmalar rejasi

FIFA Trophy Tour by Coca-Cola doirasida tashkil etilgan tadbir

28 Yanvar - 28 Yanvar 2026

“O‘zekspomarkaz” MKK AJ, Pavilyon № 1

“Media Fazo” MCHJ

2026-yil 28-yanvar kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKK” AJda muhim tadbir — FIFA futbol bo‘yicha Jahon chempionati asl Kubogining namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Coca-Cola hamkorligida tashkil etilgan FIFA 2026 Jahon chempionati Kubogi global tur doirasida O‘zbekiston poytaxtida bo`lib o`tadi. Ushbu tadbir futbol ishqibozlariga afsonaviy sovrinni jonli ravishda ko‘rish va uning boy tarixiga bevosita guvoh bo‘lish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Coca-Cola va FIFA hamkorligidagi ushbu tur oltinchi marotaba tashkil etilmoqda va dunyoning o‘nlab mamlakatlarini qamrab olib, yuz minglab futbol muxlislariga Jahon chempionati Kubogini bevosita ko‘rish imkonini bermoqda.

Toshkent shahri ushbu global marshrutning muhim nuqtalaridan biri bo‘ladi. Tadbirga alohida mazmun bag‘ishlaydigan jihat shundaki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionati 2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu yutuq o‘zbek futboli va mamlakatimizdagi millionlab muxlislar uchun muhim tarixiy voqea bo‘ldi.

Toshkent shahri ushbu xalqaro turning muhim nuqtalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Tadbirga alohida mazmun bag‘ishlayotgan omil esa O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixiy natijasi — jamoaning ilk bor FIFA futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026 musobaqasiga yo‘llanma olgani bo‘lib, bu holat o‘zbek futboli hamda yurtimizdagi millionlab ishqibozlar uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Coca-Cola tomonidan FIFA Jahon chempionati Kubogining Toshkent shahriga tashrifi O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (UFA) ko‘magida tashkil etilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech