Ру Ўз O'z En

Ko‘rgazmalar rejasi

“InterPackExpo-2026” 9-xalqaro ko‘rgazmasi (Konteyner va qadoqlash texnologiyalari va uskunalari. Ombor. Yorliqlash.)

17 Noyabr - 19 Noyabr 2026

“O‘zekspomarkaz” MKK AJ pavilon № 1, 2

INTERNATIONAL EXPO GROUP

2026-yil 17–19-noyabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKM AJda tara va qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish, omborxonada saqlash va yorliqlash texnologiyalari hamda uskunalariga bag‘ishlangan 9-xalqaro «InterPackExpo-2026» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma qadoqlash sanoati uchun zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni, mahsulotlarni markirovkalash yechimlarini hamda omborxona jarayonlarini tashkil etish usullarini namoyish etishga qaratilgan. Tadbir mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va ishlab chiqarish hamda logistika samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologik yechimlarni izlashga ko‘maklashadi.

Ko‘rgazma qadoqlash mahsulotlari va qadoqlash materiallarini ishlab chiqaruvchilar, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati korxonalari, uskunalar yetkazib beruvchilar, logistika kompaniyalari, shuningdek, omborxonada saqlash va yorliqlash bo‘yicha mutaxassislar uchun qiziqish uyg‘otadi.

O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 17–19-noyabr

O‘tkazilish joyi: «O‘zekspomarkaz» MKM AJ, Toshkent, O‘zbekiston

Tashkilotchi: INTERNATIONAL EXPO GROUP

Aloqa uchun:

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech