Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Aprel 2023

“UzCharmExpo – ShoesStar – EURASIA 2023” XIV Xalqaro charm, poyabzal, galanteriya, mo‘yna va jun ko‘rgazma-yarmarkasi

Bugun, 5 aprel kuni “O‘zekspomarkaz” MKK AJning 1, 2-pavilonlarida “UzCharmExpo – ShoesStar – EURASIA 2023” XIV Xalqaro charm, poyabzal, galanteriya, mo‘yna va jun ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Tadbir “ShoesStar” poyabzal va charm mahsulotlari xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Yiliga ikki marta – bahor va kuzda o‘tkaziladigan charm-poyabzal va mo‘yna sanoatining ushbu ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi haqli ravishda Markaziy Osiyoda mazkur yo‘nalishdagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Hindiston, Turkiya, Ispaniya, Polsha, Rossiya, Belarus, Eron va boshqalardan ishtirokchilar bor.
Ushbu tadbirni o‘tkazish nafaqat kompaniyalar salohiyati, mahsulot assortimenti va yangiliklari bilan tanishish imkoniyatini beradi, balki turli mamlakatlar soha mutaxassislari uchun samarali muloqot maydonini ham taqdim etadi.
Ko‘rgazma doirasida biznes dastur va taqdimotlar rejalashtirilgan.
Ko'rgazma 7 aprelga qadar davom etadi.

1228 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech