"UzBuild 2025" va "Woodtech & MebelExpo Uzbekistan 2025" xalqaro qurilish va mebel sanoati ko'rgazmalari
2025-yil 25-27 fevral kunlari 1, 2, 3, 4-pavilonlar va Atrium 2 zalida "UzBuild 2025" hamda "Woodtech & MebelExpo Uzbekistan 2025" xalqaro qurilish va mebel sanoati ko'rgazmalari bo‘lib o‘tadi.
"UzBuild" ko'rgazmasi interyer uchun mahsulot va xizmatlarning to‘liq spektrini namoyish etadi: derazalar va eshiklar, dekorativ yoritish, pollar, dekorativ panellar, oboylar, karniz va jalyuzilar, landshaft dizayni va boshqalar.
"MebelExpo & Woodtech Uzbekistan 2025" ko‘rgazmasida yuqori texnologik dastgoh va uskunalar, yog‘ochni qayta ishlash asboblari, mebel komponentlari: mebel furniturasi, aksessuarlar, mebel to‘ldiruvchilari, plitka materiallari, laminatsiya uchun dekorativ qog‘oz, stol usti uchun sun’iy tosh, mebel kimyosi mahsulotlari va yog‘ochni qayta ishlash qoplamalari: mebel yelimlari, laklar, bo‘yoqlar, gruntovkalar namoyish etiladi. Shuningdek, uy qulayligi va shinamligi uchun tayyor mebel mahsulotlari, shuningdek, ishlab chiqaruvchilardan funksional, qulay va amaliy ofis mebellari taqdim etiladi.
"UzBuild" va "MebelExpo & Woodtech Uzbekistan 2025" ko‘rgazmalarida dunyoning 22 mamlakatidan 500 dan ortiq kompaniya va brend ishtirok etishi kutilmoqda.