“O‘zekspomarkaz” MKK” AJ va IFWexpo Heidelberg GmbH (Germaniya) kompaniyasi 2025-yil 26–28-noyabr kunlari 1- va 2-pavilonlarda hamda ko‘rgazma majmuasining ochiq maydonlarida “Uzbekistan Agrotech Expo–2025”, “Uzbekistan Agromash Expo–2025” va “AgroExpo Uzbekistan 2025” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalari bo’lib o’tmoqda.
Ko‘rgazmalar ekspozitsiyasi, yopiq va ochiq hududlarni o‘z ichiga olgan holda, 7500 kv.m dan ziyod maydonni egallaydi.
Ko‘rgazmalar faoliyatining ikkinchi kuni, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonov, Polsha Respublikasi qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirish vaziri Stefan Krayevskiy, Polsha Respublikasining O‘zbekiston va Tojikistondagi vaqtinchalik ishlar bo‘yicha vakili Maryan Pshezdzetski, Polshaning Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash milliy markazi bosh direktori Xenrik Smolyaj hamda Polshaning bosh veterinariya shifokori Pavel Meyer tashrif buyurdilar.
Ko’rgazmalarda Gruziya, Rossiya, O’zbekiston, Turkiya, Hindiston, Italiya, Niderlandiya, Fransiya, Malayziya va Qozog’iston kabi 20 dan ortiq davlatlardan 180 ta kompaniya ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmalarda respublikaning qishloq xo‘jaligi sohasi uchun mo‘ljallangan keng turdagi uskunalar, eng yangi ishlanmalar va innovatsion texnologiyalar namoyish etiladi. Bu esa sifatli va raqobatbardosh import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.