Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Sentyabr 2023

«To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari - TTME 2023» 2-Toshkent Xalqaro ko‘rgazmasi

«To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari - TTME 2023» 2-Toshkent Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ekspozitsiyasini 2023-yil 13-15-sentyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKda yozadi.

«To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari» Xalqaro ko‘rgazmasi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun to‘qimachilik va tikuvchilik ishlab chiqarishining to‘liq jarayoni bilan tanishish uchun professional platformadir.

Ko‘rgazmada 6 mamlakatdan 120 ta kompaniya va brendlar ishtirok etadi: Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya, O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston.

Kompaniyalar  dastgohlardan tortib yordamchi mexanizmlar va aksessuarlargacha bo‘lgan keng ko‘lamli jihozlarni, igna teshuvchi noto‘qima mato mashinalari, trafaret bosib chiqarish mashinalari, kompressor uskunalarini, sanoat tikuv va bichuv uskunalari, inson tanasini 3D skanerlash tizimlari, paxta tozalash zavodlari, to‘qimachilik sanoati uchun kimyoviy moddalar va bo‘yoqlar takdim etadilar.

Ko‘rgazma tashkilotchisi: Congresses of Central Asia - CCA va uning hamkori ICA Eurasia Group.

781 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech