Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 May 2026

“Intelligent Building Expo Tashkent” xalqaro ko‘rgazmasi

2026-yil 20–22-may kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK” AJda “Intelligent Building Expo Tashkent” (IBE) xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma aqlli binolar, muhandislik tizimlari va barqaror shahar infratuzilmasi uchun ilg‘or texnologiyalarga bag‘ishlangan.

Ko‘rgazmada energiya samaradorligi, avtomatlashtirish, raqamli xavfsizlik, muhandislik tizimlari hamda suv ta’minoti, isitish, ventilyatsiya va sovutish tizimlarining texnologiyalari, shuningdek sanitariya-texnika, yoritish, elektrotexnika va kabel yechimlari, xavfsizlik tizimlari sohasidagi innovatsion yechimlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmada 130 dan ortiq kompaniya va soha bo‘yicha 6500 nafar professional mutaxassis ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma tashkilotchisi — Business Media Central Asia kompaniyasi.

58 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech