2026-yil 24–26-noyabr kunlari “Özekspomarkaz” MKK” AJda xalqaro körgazmalar taşkilotçisi «Koelnmesse» kompaniyasi kömagida Markaziy Osiyoda ilk bor asbob-uskunalar va jihozlar sanoatiga bağişlangan xalqaro «Central Asia International Hardware Expo» (CAIHE 2026) körgazmasi bölib ötmoqda.
Körgazmada Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Qozoğiston, Xitoy, Özbekiston, Fransiya, Şvetsiya va Janubiy Koreya kabi 10 ta mamlakatdan 165 ta kompaniya istirok etmoqda.
Körgazma ekspozitsiyasidan elektr asboblari, payvandlaş va mahkamlaş uskunalari, quriliş furniturasi, boğdorçilik uskunalari, şaxsiy himoya vositalari örin olgan.
Mazkur körgazma Markaziy Osiyoda asbob-uskunalar va jihozlar sanoatida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, yangi biznes aloqalarini örnatiş hamda iştirokçilar va professional taşrif buyuruvchilar örtasida B2B uçraşuvlar va tajriba almaşiş orqali özaro hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiluvchi ilk ixtisoslaştirilgan xalqaro platformadir.
Körgazma ekspozitsiyasi 3- va 4-sonli pavilyonlar hamda 2-atriumda joylaştirilgan.
Taşkilotçi: “Koelnmesse” kompaniyasi