2025-yil 8–10 aprel kunlari AJ MVK "Uzexpomarkaz"da 24-Xalqaro "Oziq-ovqat mahsulotlari, ingredientlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2025" ko‘rgazmasi hamda 25-Xalqaro "Qadoqlash. Uskunalar va materiallar – O’ZuPACK 2025" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma ekspozitsiyalari 1, 2, 3, 4-sonli pavilyonlar hamda Atrium 1 va 2 zallarida joylashtirilgan.
Ko‘rgazma ishtirokchilari soni 30 ta davlatdan 400 dan ortiq kompaniyani tashkil etadi: Avstriya, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Bolgariya, Germaniya, Gruziya, Misr, Hindiston, Iordaniya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Kambodja, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, BAA, Polsha, Rossiya, AQSH, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Fransiya, Chexiya, Shvetsiya, Shri-Lanka.
Ko‘rgazmalarda oziq-ovqat sanoati uchun zamonaviy uskunalar, qadoqlash uskunalari, tayyor mahsulotlar, ingredientlar va boshqa mahsulotlar namoyish etiladi.
Tadbir tashkilotchilari: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.