2025-yil 28–30-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK AJda “Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallni qayta ishlash – MiningMetals Uzbekistan 2025” nomli 19-Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmada Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya va Chexiya kabi 15 mamlakatdan 150 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadi.
“MiningMetals Uzbekistan” ko‘rgazmasi tog‘-kon va metallurgiya sohasidagi mutaxassislar uchun muhim platforma hisoblanadi. U zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.
Ko‘rgazma tashkilotchilari: Iteca Exhibitions va ICA Eurasia Group.