Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Fevral 2023

“Tashkent Fashion & Textile Expo 2023” xalqaro moda va toʻqimachilik koʻrgazmasi

“Tashkent Fashion & Textile Expo 2023” xalqaro moda va to‘qimachilik ko‘rgazmasi O‘zbekistonning ulgurji va chakana savdo bozorlari uchun biznes platforma bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek xorijiy mamlakatlarning moda, go‘zallik va to‘qimachilik sanoatidagi taniqli brendlarni namoyish etadi.
Ko‘rgazmada Turkiya, Xitoy, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi to‘qimachilik va tikuvchilik korxonalari mahsulotlarini namoyish etayotgan 100 dan ortiq kompaniyadan 4 mingga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.
Ko‘rgazma maydonlarida moda va raqamli biznes mutaxassislari, taniqli stilistlar, vizajistlar, marketologlar va ishbilarmon vakillaridan mahorat darslari, shuningdek, B2B formatida muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

1513 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech