Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Sentyabr 2026

“Plastex Uzbekistan 2026 – Plastmassa sanoati” 16-Xalqaro ko`rgazmasi

Joriy yilning 22–24-sentabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKK AJda «Plastmassa va polimerlar sanoati – Plastex Uzbekistan 2026» 16-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.  

«Plastex Uzbekistan 2026» xalqaro ko‘rgazmasi Markaziy Osiyodagi plastmassa va polimerlar sanoatiga ixtisoslashgan eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Ko‘rgazmada Avstriya, Germaniya, Hindiston, Eron, Italiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekiston kabi mamlakatlardan 255 ta kompaniya ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasida quyidagi uskunalar namoyish etiladi: bosim ostida quyish uchun termoplast-avtomatlar, quvurlar, profillar, listlar, qadoqlash va issiqxona plyonkalarini ishlab chiqarish uchun ekstruzion uskunalar, plastmassalarni maydalash, yuvish, granullash va qayta ishlash uskunalari, tibbiy naychalar, issiqlik izolyatsiyalovchi va bezak panellarini ishlab chiqarish texnologiyalari, plastik idishlar ishlab chiqarish uchun qoliplash uskunalari o‘rin olgan.

Shuningdek, ko‘rgazmada polietilen, polipropilen, polistirol, muhandislik plastmassalari va boshqa turdagi mahsulotlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma tashkilotchilari — Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

17 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech