Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Mart 2026

Made in Afghanistan Expo

2026 yil 25 – 28 mart kunlari “O`zekspomarkaz” MKK AJda “Made in Afghanistan – Tashkent 2026” xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.

Tadbirda Afg`oniston Savdo va investitsiya palatasi raisi Muhammad Karim Xoshimiy boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Ko`rgazmada oziq-ovqat mahsulotlari (quritilgan mevalar, ho`l mevalar, yong`oqlar), qishloq xo`jaligi mahsulotlari, hunarmadchilik buyumlari (gilamlar, to`qimachilik, zargarlik buyumlari), shuningdek, sanoat va ishlab chiqarish mahsulotlari namoyish etiladi.

Tadbirda O`zbekiston va Afg`oniston kompaniyalari o`rtasida B2B uchrashuvlar, biznes muzokaralari va shartnomalar imzolanishi bo`lib o`tadi.

Ko`rgazmaning maqsadi - savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va afg`on mahsulotlarini mintaqaviy bozorda targ`ib qilishdir.

19 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech