Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Aprel 2023

“INNOPROM. Markaziy Osiyo" Xalqaro sanoat ko'rgazmasi

Bugun 24 aprel kuni, “O‘zekspomarkaz” MKK AJning barcha pavilyonlarida “INNOPROM. Markaziy Osiyo" Xalqaro sanoat ko'rgazmasi o'z ishini boshladi.

Ko'rgazma 24-26 aprel kunlari bo'lib o'tadi va uchinchi marta 300 dan ortiq ko'rgazma kompaniyalari va 10 000 ga yaqin tashrif buyuruvchilarni birlashtiradi: biznes va davlat rahbarlari, muhandislar, texnologlar, xarid bo'limlari vakillari, IT-mutaxassislari, savdo menejerlari va boshqalar.

24 aprel kungi tadbirlar dasturi:
10:30 – 12:30 . INNOPROM UNIVERSITETI
Biznes yetakchilarining yangi avlodini tarbiyalash: kasb-hunar ta’limining o‘rni
10:00 – 17:00 O‘zbekiston Respublikasi viloyat rahbarlari va ishlab chiqarish korxona rahbarlari uchun ko‘rgazma bo’ylab texnologik ekskursiya
11:00 - 12:30 Ko'rgazma ishtirokchilari uchun sanoat texnologiyasi bo'yicha ekskursiya
14:00 - 15:00 O'zbekiston va Rossiya davlatlarining ommaviy axborot vositalari uchun press-brifing
Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ko‘rgazmaning press-turi
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligigi va Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi

Ko'rgazmaga onlayn beyjingizni qo'lga kiriting  https://tashkent.bigindustrialweek.com/ru/registration/visitor_lqmgr/

1383 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech