Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 May 2025

Xalqaro ko‘rgazma “TextileExpo Spring Uzbekistan 2025”

2025-yil 14–16-may kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK” AJda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati bo‘yicha 24-Xalqaro ko‘rgazma — “TextileExpo Spring Uzbekistan 2025” bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma ekspozitsiyasi 3 va 4-pavilonlarda hamda Atrium 2 zalida joylashtirilgan.

“TextileExpo Uzbekistan Spring 2025” ko‘rgazmasida Belarus Respublikasi, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston kabi davlatlardan 165 ta kompaniya va brend, shuningdek, xorijdan 100 dan ortiq yirik bayerlar ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma bo‘limlari: ip va matolar, trikotaj mahsulotlar, ipak, paypoq mahsulotlari, maishiy to`qimachilik, yengil sanoat uchun xomashyo, aksessuarlar, oyoq kiyim, bo‘yoqlar va kimyoviy modda mahsulotlari, bosma va qadoqlash texnologiyalari, shuningdek yangiliklar – paxta va tolalar, kiyim-kechak va ichki kiyim, qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan kiyimlar, tibbiyot to`qimachiligi.

2025-yil bahor mavsumining yangiligi — mashhur “Made in Uzbekistan” brendi ham o‘z mahsulotlarini taqdim etadi: matolar, tayyor kiyimlar, maxsus kiyimlar, uy tekstili, paypoq mahsulotlari, jinsi matosidan kiyimlar va aksessuarlar.

Tadbir tashkilotchilari — Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

187 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech