2025-yil 16–18 aprel kunlari “O’zekspomarkaz” MKK” AJda charm, poyabzal, mo’yna, qo’yteri (karakul) va mahalliylashtirilgan mahsulotlar bo’yicha 18-Xalqaro “UzCharmExpo-EURASIA-2025” ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. Ko’rgazma ekspozitsiyalari 3- pavilon va Atrium 2 zalida joylashtirilgan.
Ko’rgazmada Italiya, Turkiya, Eron, Xitoy, Rossiya hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 200 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ular O’zbekistondagi charm va poyabzal sanoatini ekologik barqarorlik tamoyillariga asoslangan innovatsion mahsulot va texnologiyalar bilan tanishtiradilar.
Ko’rgazmada “yashil” texnologiyalar, qayta ishlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ekologik toza mahsulotlar namoyish etiladi.
Shuningdek, ko’rgazma doirasida B2B, G2B, G2G formatlarida uchrashuvlar va muzokaralar o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Ko’rgazma tashkilotchilari: “Uzcharmsanoat” uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Xalq bankidir.