Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Oktyabr 2025

“HoReCa Uzbekistan 2025” xalqaro ko’rgazmasi

2025-yil 21–23-oktabr kunlari “O’zekspomarkaz” MKK” AJ hududida “HoReCa Uzbekistan 2025” xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda.

Tadbir doirasida 10 dan ortiq mavzuga doir sessiyalar, konferensiyalar, taqdimotlar, muhokamalar va B2B uchrashuvlarni o’z ichiga olgan ishbilarmonlik dasturi rejalashtirilgan. Turizm va mehmonxona biznesi sohasidagi yetakchi mutaxassislar bozordagi dolzarb yo’nalishlar, amaliy tajriba bilan o’rtoqlashadilar.

Ko’rgazmaning eng e’tiborli qismlaridan biri — ikki yulduzli “Michelin” mukofotiga sazovor bo’lgan fransuz oshpazi maxsus chiqishi bilan tajriba almashadi.

Ishtirokchilar, shuningdek, Norco Akustic, Gimogroup, InnTouch va boshqa xalqaro hamda mahalliy kompaniyalarning mehmonxona va restoran biznesi uchun mo’ljallangan energiya tejovchi qurilma, ekologik va raqamli texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Tadbir tashkilotchilari — O’zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va O’zbekiston Mehmonxonalar assotsiatsiyasi. 

59 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech