Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 May 2026

III an’anaviy “Inson uchun 2026” festivali

2026-yilning 12–13-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan “Oʻzekspomarkaz” MKK” AJda III an’anaviy “Inson uchun 2026” festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festival doirasida ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, inklyuziv mehnat bozori, tadbirkorlik va hamkorlik yo‘nalishidagi loyihalar keng namoyish etiladi.

Festival doirasida quyidagilar tashkil etiladi:

— Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi;

— Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi;

— Kasbiy mahorat tanlovlari;

— “Imkoniyatlar olimpiadasi” (Abilympics);

— Interaktiv o‘yinlar va viktorinalar;

— Yoshlar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar taqdimotlari.

Festivalda respublika bo‘ylab 120 ta tadbirkorlik subyekti, hunarmandlar, banklar, vazirlik va idoralar ishtirok etadi hamda qariyb 100 mingta bo‘sh ish o‘rni taqdim etiladi.

Festivalning ikki kunlik dasturidan panel sessiyalar, ochiq muloqotlar, taqdimotlar va ko‘plab amaliy loyihalar o‘rin olgan.

Festival 1-, 2-sonli pavilonlar hamda Atrium 1 zalida bo`lib o`tmoqda.

Festival tashkilotchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi.

19 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech