Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Iyun 2025

III-Xalqaro “Umra Plyus va Ziyorat Turizmi” ko‘rgazmasi

25–26 iyun kunlari "O'zekspomarkaz" MKK” AJda III-Xalqaro “Umra Plyus va Ziyorat Turizmi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Bu turizm sohasidagi muhim tadbir bo‘lib, u Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlardan yetakchi sayyohlik tashkilotlari, mehmonxonalar, transport kompaniyalari, aviakompaniyalar hamda keytering korxonalarini, shuningdek milliy kompaniyalarni bir joyga jamlaydi.

Ko‘rgazma turizm sohasidagi professionallar uchun o‘zaro tajriba almashish, yangi biznes aloqalarni o‘rnatish, shuningdek umra va ziyorat turizmi yo‘nalishidagi so‘nggi tendensiyalar va innovatsiyalar bilan tanishish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

Tadbir doirasida davra suhbatlari, taqdimotlar va muhokamalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular ishtirokchilarga turistik xizmatlar, madaniy xususiyatlar va xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishga yordam beradi.

Ziyorat va umra turizmi sohasiga qiziqish bildirgan barcha ishtirokchilarni tadbirda qatnashishga taklif etamiz. Bu ko‘rgazma turizm biznesi sohasida hamkorlik va rivojlanish uchun mustahkam platforma bo‘lib xizmat qiladi.

26 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech