2025-yil 14–16-may kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK” AJda Markaziy Osiyoning xalqaro stomatologiya ko‘rgazmasi — «IDECA 2025» bo‘lib o‘tmoqda.
Mamlakatdagi eng yirik stomatologik ko‘rgazmasi dunyo stomatologiya sanoatining so‘nggi yangiliklarini, mahorat darslari va ta’limiy modullar bilan boyitilgan forumni, shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalarning stomatologiyada amaliy qo‘llanilishini namoyish etadi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari — Germaniya, Rossiya, Xitoy, AQSh, Shveytsariya, Janubiy Koreya va boshqa turli mamlakatlardan bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan stomatologik va diagnostik jihozlarning zamonaviy turlari, eng yangi sarf materiallari va stomatologik asbob-uskunalar bilan ishtirok etayotgan kompaniyalardir.
Shuningdek, ishtirokchilar orasida faxriy mehmonlar — Gonkong, Germaniya, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Gruziya va boshqa mamlakatlardan kelgan ilmiy soha vakillari va mutaxassislar ham bor.
Ko‘rgazma 1- va 2-sonli pavilyonlarda bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazma tashkilotchisi — “Biostom” kompaniyasi.