Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 May 2024

21-23 may kunlari Oʻzbekistonda NON-FOOD ASIA EXPO Tashkent 2024 savdo tarmoqlari va bozorlar uchun nooziq - ovqat mahsulotlarining 2-xalqaro koʻrgazmasi boʻlib o'tadi.

21-23 may kunlari Oʻzbekistonda NON-FOOD ASIA EXPO Tashkent 2024 savdo tarmoqlari va bozorlar uchun nooziq - ovqat mahsulotlarining 2-xalqaro koʻrgazmasi boʻlib o'tadi.
Toshkentda ilk bor “Uzexpomarkaz” hududida ulgurji xaridor va sotuvchilarga quyidagi toifalar bo‘yicha yuzlab yangi mahsulotlar taqdim etiladi: idishlar, maishiy kimyo va kosmetika mahsulotlari, plastmassa buyumlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, interyer buyumlari, atirlar, Yangi yil mahsulotlari, bolalar uchun sovg'alar va tovarlar, bog'lar va kottejlar uchun tovarlar.
Ko‘rgazma ishtirokchilari stendlarida Ozarbayjon, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Belarus Respublikasi, Rossiya, Turkmaniston, O‘zbekiston, Fransiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Estoniya va Yaponiyada ishlab chiqarilgan 140 dan ortiq brend va yangi mahsulotlar namoyish etiladi.

309 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech