Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Oktyabr 2026

«China Central Asia (Uzbekistan)» Savdo ko`rgazmasi

Joriy yilning 14–16-oktabr kunlari Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi «O‘zekspomarkaz»ning 3- va 4-pavilyonlarida CMEC ishtirokida tashkil etilgan China Central Asia (Uzbekistan) 2026 xalqaro savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur ko‘rgazma Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va istiqbolli biznes hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon hisoblanadi.

Ko‘rgazma ishlab chiqaruvchilar, eksportyorlar, importyorlar va distribyutorlarni birlashtirib, mahsulotlarni namoyish etish, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va yangi hamkorlarni topish imkonini beradi.

Ekspozitsiyadan elektromobillar va avtomobil ehtiyot qismlari, sanoat va qurilish uskunalari, mashinasozlik mahsulotlari, shuningdek, tibbiyot uskunalari, maishiy texnika, elektronika, asbob-uskunalar va kundalik iste’mol tovarlari o‘rin olgan.

China Central Asia (Uzbekistan) 2026 kompaniyalarga yangi bozorlarga chiqish, tijorat takliflarini almashish va o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

O‘tkazilish joyi: «O‘zekspomarkaz» MKK AJ, 3- va 4-pavilyonlar
Ko‘rgazma kunlari: 2026-yil 14–16-oktabr

10 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech