2024-yil 29-31-yanvar kunlari AJ “O‘zekspomarkaz” MKKda “Tashkent Fashion & Textile EXPO 2024” IV Toshkent moda va to‘qimachilik ko‘rgazmasi ochiladi. Ko‘rgazma to‘qimachilik biznesi mutaxassislari, moda sanoati, moda ixlosmandlari uchun mahorat darslari, shuningdek, moda namoyishlari, B2B formatidagi uchrashuvlar va xorijiy kompaniyalar va hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun maydondir.
Ko‘rgazmada Turkiya, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 130 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada Amerikaning MONOSUIT brendining yetakchi marketologi Elena Skajenyukdan mahorat darslari o‘tkaziladi.
Ko‘rgazma 2024-yil 29-31-yanvar kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha davom etadi.
Ko'rgazmaga xush kelibsiz!