Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Aprel 2023

27-Toshkent Xalqaro «Sog‘liqni saqlash – TIHE 2023» ko‘rgazmasi

27-Toshkent Xalqaro «Sog‘liqni saqlash – TIHE 2023» ko‘rgazmasi o‘z ekspozitsiyasini bu yil 13-15-aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK AJ da taqdim etadi.

Bu yil ko‘rgazmada o‘z ishtirokini 13 mamlakatdan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar tasdiqladi: Bangladesh, Belarus Respublikasi, Germaniya, Daniya, Italiya, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston, Hindiston, Xitoy, Chexiya. Ko‘rgazma ekspozitsiyasi ikkita  pavilonda (№№ 1 va 2), Atrium 1 va Anjuman zallarida joylashadi.

Bu kurgazmada Xitoy, Germaniya, Rossiya, Chexiya va Belarus kabi  mamlakatlari  uz milliy pavilonlari bilan katnashadi va tashrif buyuruvchilar eʼtiboriga tibbiyot uskunalarni va buyumlarni, laboratoriya jihozlarini, dasturiy taʼminot bilan boshqariladigan tibbiy texnologiyalarni, tele-tibbiyot sohasidagi noyob yechimlarni va shuningdek bir kator dori vositalarni taqdim etadi.

 Ko‘rgazma doirasida ilmiy-amaliy seminarlar, anjumanlar va taqdimotlar bo‘lib o‘tadi.

“TIHE 2023” kurgazma  tashkilotchilari – Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

1616 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech