Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Fevral 2026

«UzBuild 2026-Qurilish» 27-Xalqaro ko’rgazmasi UzBuild ixtisoslashtirilgan bo‘limi «Qurilish texnikasi va texnologiyalari – BuildTech 2026»

Uzbekistan Construction and Interior Week - O‘zbekistonning qurilish va interyer ko‘rgazmasi hamda konferensiyasi — 2026-yil 10–12-fevral kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK” AJning barcha pavilyonlarida bo‘lib o‘tmoqda.  

  Tadbir mamlakatdagi qurilish jarayonining muhim formatlarini bir joyga jamlaydi:
“Qurilish – UzBuild 2026” 27-xalqaro ko‘rgazmasi, BuildTech 2026 ixtisoslashtirilgan bo‘limi hamda Qurilish sanoatining 7-xalqaro konferensiyasi — ICCI 2026.

  Ko‘rgazmada va konferensiyada 22 mamlakatdan 450 ta kompaniya va brendlar jumladan, Germaniya, Turkiya va Rossiyaning milliy pavilyonlari ishtirok etmoqda. UzBuild- qurilishdagi loyihalashdan tortib pardozlash materiallari, interyer yechimlar hamda yakuniy ishlarigacha bo`lgan bosqichlarni namoyish etadi.

  Soha yetakchi kompaniyalarining yangi mahsulotlari va amaliy yechimlariga alohida e’tibor qaratilib, ularni ishtirokchi stendlarda o‘tkaziladigan mahorat darslari davomida bevosita ko‘rish va amalda sinab ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

  Ishbilarmonlik dasturining asosiy tadbiri — ICCI 2026 konferensiyasi “Yangi O‘zbekiston: g‘oyalardan keng ko‘lamli yechimlargacha” mavzusi ostida o‘tkazilib, megaloyihalar, innovatsion materiallar va zamonaviy shahar muhitini rivojlantirish masalalariga e`tibor qaratadi.

  UzBuild — UFI sertifikatiga ega, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan ko‘rgazma va ishbilarmonlik maydonidir.

  Ko‘rgazma tashkilotchisi — Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi. Hamkorlar: ICA Eurasia Group va Congresses of Central Asia (CCA).

50 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech