23–25 sentyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK AJda yirik xalqaro avtomobil va avtosanoat ko‘rgazmasi «Automotive Industry Tashkent 2024» bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada 150 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi, asosiy ishtirokchilar qatorida Castrol, Vikron, Bizon, Click, ADM, Carville, Autozipe va boshqalar bor. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi mahalliy brendlarga yangi istiqbollar, B2B va B2C aloqalarni amalga oshirish hamda avtomobil sanoatidagi rivojlanish tendensiyalari bilan tanishish uchun unikal maydoncha taqdim etishdan iborat.
Ko‘rgazma davomida 60 dan ortiq turli avtomobillar namoyishi va joyida sotib olish imkoniyati taqdim etiladi. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar avtomobil yutuq o‘yinida ishtirok etishlari va shou dasturlarini tomosha qilishlari mumkin.