Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Iyun 2022

23-25-iyun kunlari O‘zekspomarkazda moda, to‘qimachilik sohasida “Tashkent Fashion & Textile Expo” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Tashkent Fashion & Textile Expo to‘qimachilik biznesi sohasidagi ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va mutaxassislarni birlashtirgan o‘ziga xos tadbir bo‘lib, undan asosiy maqsad sohadagi so‘nggi tendensiyalarni namoyish etishdan iborat. Tashkent Fashion & Textile Expo moda va toʻqimachilik sohasidagi xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazma boʻlib, u Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Tashkent Fashion & Textile Expo – tadbirkorlar uchun biznes aloqalarini o‘rnatish va eng yaxshi biznes yechimlarni amalga oshirish imkoniyati, shuningdek, o‘z mahsulotingizni professional auditoriya – Osiyo mintaqasidagi to‘qimachilik sanoati xaridorlariga taqdim etishingiz mumkin bo‘lgan joy. Ko‘rgazmada Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iziston, Belarus kabi davlatlar vakillari ishtirok etadi.

O‘tkazish joyi “O‘zekspomarkaz” MKK, 1-pavilon, Amir Temur shoh ko‘chasi 107, Toshkent 100084, O‘zbekiston.

1345 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech