Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Mart 2026

“Qishloq xo’jaligi – Agro World Uzbekistan 2026” 21- xalqaro ko`rgazmasi

2026-yil 25-27 mart kunlari “O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazmalar majmuasining “Qishloq xo’jaligi – Agroworld Uzbekistan 2026” 21-xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.

Ko`rgazmada qishloq xo`jaligi sanoatining asosiy yo`nalishlari: parrandachilik va chorvachilik, ozuqa ishlab chiqarish, veterinariya tibbiyoti, donni qayta ishlash va saqlash, shuningdek, agrokimyoviy yechimlar namoyish etiladi.

Bu yilgi ko`rgazmada Avstriya, Belgiya, Belarus Respublikasi, Germaniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog`iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Niderlandiya, Polsha, Rossiya, AQSH, Turkiya, O`zbekiston, Fransiya va Yaponiya kabi 19 ta mamlakatdan 166 ta kompaniya ishtirok etmoqda.

Dastur ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, fermer xo`jaliklari, dehqonchilik va qishloq xo`jaligi texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan to`g`ridan-to`g`ri muzokaralarni o`z ichiga oladi.

Ushbu tadbir xalqaro muloqot, tajriba almashinuvi va O`zbekistonda qishloq xo`jaligini rivojlantirishga yordam beradi.

Ekspozitsiyalar 1 va 2-sonli pavilonlar hamda Atrium zalida joylashgan.

Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions va ICA Eurasia Group.

17 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech