Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Oktyabr 2024

2024-yilning 2-4-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKda “Aquatherm Tashkent” XII xalqaro ko‘rgazmasi va “Plastex Uzbekistan” XIV xalqaro plastmassa va polimer sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

2024-yilning 2-4-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKda “Aquatherm Tashkent” XII xalqaro ko‘rgazmasi va “Plastex Uzbekistan” XIV xalqaro plastmassa va polimer sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rgazmalar 18 ta mamlakat, xususan Ozarbayjon, Bolgariya, Germaniya, Eron, Italiya, Xitoy, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina va Chexiyadan kelgan 400 dan ortiq ishtirokchilarni bir joyga to‘playdi.

“Aquatherm Tashkent - 2024” ko‘rgazmasida iqlim uskunalari, suv ta’minoti va muhandislik sanitariyasi sohasidagi yangiliklar bilan tanishish mumkin.

“Plastex Uzbekistan - 2024” ko‘rgazmasi esa ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, tajriba almashish va soha ishlab chiqaruvchilari, dilerlari va asosiy ekspertlari o‘rtasida yangi aloqalarni o‘rnatish uchun ideal platformadir. Ko‘rgazma mehmonlari plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uskunalarining eng so‘nggi texnologiyalari, tayyor mahsulotlar va turli sanoat tarmoqlari uchun xomashyo bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

307 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech