Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Mart 2025

20-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi «Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2025»

2025 yil 11-13 mart kunlari «O’zekspomarkaz» MKK AJning 1 va 2-pavilonlari hamda ochiq maydonlarida «Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2025» 20- yubiley xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

“AgroWorld Uzbekistan” qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsiyalar va zamonaviy tendensiyalarni namoyish qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, mahalliy biznes va eksportni rivojlantirish uchun muhim ko‘rgazma tadbiridir.

Ko‘rgazma doirasida butun ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha uskunalar va texnologiyalar namoyish etiladi – qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish, chorvachilik va parrandachilikdan tortib hosil yig‘ish, so‘yish, qayta ishlash va saqlashgacha bo‘lgan jarayonlar.

Joriy yil ko‘rgazmada 23 ta mamlakatdan 130 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda, jumladan: Belarus, Belgiya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Litva, Niderlandiya, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Fransiya, Xorvatiya, Shveytsariya va Yaponiya.

An’anaga ko‘ra, ko‘rgazmaning ikkinchi kuni – 12 martda "Fermerlar kuni" tashkil etiladi. Unda ko‘rgazma ishtirokchilari fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va yetakchi mutaxassislari bilan uchrashadilar.

Tashkilotchilar: Tadbir xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi Iteca Exhibitions va uning hamkori ICA Eurasia Group tomonidan tashkil etilgan.

256 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech