Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Oktyabr 2025

19-Xalqaro ko‘rgazma “UzCharmExpo EurAsia–2025”

2025-yil 28–30-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK AJda “UzCharmExpoEurAsia–2025” 19-Xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma charm, poyabzal, galantereya buyumlari, qorako‘l, mo‘yna va jun mahsulotlariga bag‘ishlangan.

Ko‘rgazmada turli mamlakatlardan 30 dan ortiq kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.

Tadbirning asosiy maqsadi – ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro brendlarni jalb etish orqali tarmoqning eksport salohiyatini kengaytirishdir.

“UzCharmExpoEurAsia–2025” ko‘rgazmasi B2B, G2B va G2G formatlarida muzokaralar o‘tkazish, biznes uchrashuvlar tashkil etish hamda yangi kelishuvlarni imzolash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘rgazma tashkilotchisi – “Uzcharmsanoat” uyushmasi.

74 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech