15-17 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKMda uchta yirik ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.
9-Xalqaro to'qimachilik va moda ko'rgazmasi - to'qimachilik sanoatidagi so'nggi tendentsiyalar, moda namoyishlari va ilg'or innovatsiyalar.
Charm, poyabzal va moʻyna 17-Xalqaro koʻrgazmasi – UZ Charm Expo 2024 – charm, moʻyna va poyafzalga tegishli hamma narsa – yetakchi ishlab chiqaruvchilardan tortib, noyob dizayn yechimlarigacha.
“Banks & Business Expo 2024” ko‘rgazmasida jahon moliya tashkilotlari, shuningdek, Markaziy Osiyo, Yevropa va Osiyo mintaqasidagi kompaniya va korxonalar, jumladan, xorijiy banklarning innovatsiyalari va yutuqlari namoyish etiladi.