Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Fevral 2023

14-Xalqaro charm, poyabzal, attorlik, moʻyna va jun koʻrgazma-yarmarkasi

Sizni joriy yilning 5-7 aprel kunlari mamlakatimiz bosh ko‘rgazma maydoni – “O‘zekspomarkaz” MKK AJda bo‘lib o‘tadigan, charm-poyabzal  va mo‘yna sanoatining asosiy ixtisoslashtirilgan «UzCharmExpo – ShoesStar – EURASIA2023» ko‘rgazmasi ishtirokchisi bo‘lishga taklif qilamiz.
Ko‘rgazma mahsulotlar assortimenti, jahon brendlari va sanoat innovatsiyalari bilan tanishish, shuningdek, B2B va G2B formatida muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish imkonini beradi.

Uch ish kuni davomida ko'rgazmaga 10 000 ga yaqin kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma tashkilotchisi – “O‘zCharmSanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “ShoesStar” xalqaro poyabzal va charm mahsulotlari ko‘rgazma kompaniyasi hamkorligida.

Stendlarni bron qilish  va batafsil ma’lumotlar olish uchun qo’yidagi raqamlarga murojaat qiling.

Tel: +998 71 268 00 46, + 998 98 707 64 44.

E-manzil: uzcharmexpo@gmail.com; a.melikulov@uzcharm.com

Web sahifa: https://www.uzcharmexpo.uz/

714 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech