Ру Ўз O'z En

Uzbekistan Agrotech/Agromash Expo – 2024

Xalqaro qishloq xo'jaligi ko'rgazmalarining yakuniy natijalari
«Uzbekistan AgroExpo – 2024», «Uzbekistan AgrotechExpo – 2024» va «Uzbekistan AgromashExpo – 2024»

2024-yil 27-29-noyabr kunlari «O`zekspomarkaz» MKK AJning 1- va 2-pavilonlari hamda ochiq maydonlarida xalqaro qishloq xo'jaligi ko'rgazmalari o‘tkazildi. Ushbu ko‘rgazmalar «Uzbekistan AgroExpo – 2024» (qishloq xo'jaligi texnikasi, bog‘dorchilik, issiqxona xo‘jaliklari, o‘simlikshunoslik va chorvachilik), «Uzbekistan AgrotechExpo – 2024» (qishloq xo‘jaligi kompleksi uchun uskunalar va texnologiyalar) va «Uzbekistan AgromashExpo – 2024» (qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalari) nomlari bilan o‘tkazildi.

Ko'rgazmalarning mavzulari:

 - Agronomiya va agronomik amaliyotlardagi innovatsiyalar.

 - Eksport muammolari va imkoniyatlari.

 - Barqaror qishloq xo'jaligi va uning rivojlanishi.

Ishtirokchilar soni: 14 ta mamlakatdan 120 dan ortiq yirik kompaniya, jumladan, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Eron, Xitoy, Italiya, Koreya, Latviya, Hindiston, Ukraina, Avstriya, BAA, O‘zbekiston, Qozog‘iston.

Imzolangan va amalga oshirilgan shartnomalar soni: 2000 dan ortiq.

Ko'rgazma maydoni: Ochik maydonlar - taxminan 7000 kv.m., 1- va 2-pavilonlar - taxminan 6000 kv.m.

Tashrif buyuruvchilar soni: 5870 dan ortiq kishi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech