Ру Ўз O'z En
21 Май 2024

21-23 май кунлари «Ўзэкспомарказ» МККнинг 1 ва 2чи павилионларида «UzCharmExpo-2024» чарм, пойабзал, мўйна, қоракўл, жун ва маҳаллий маҳсулотлар 16-Халқаро кўргазма-ярмаркаси бўлиб ўтмоқда

2024-yilning 21-23-may kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKning 1va 2chi pavilionlarida “UzCharmExpo-2024” charm, poyabzal, mo‘yna, qorako’l, jun va mahalliy mahsulotlar 16-Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma ekspozitsiyasida Xitoy, Italiya, Turkiya, Eron, Rossiya, Belarus, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa davlatlar tomonidan charm-poyabzal sanoati uchun taklif etilayotgan innovatsion texnologik yechimlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma davomida mahalliy mahsulotlarni xorijga, xususan, Yevropaga yetkazib berishni ko‘paytirish, xalqaro brendlarni jalb qilish, xalqaro sifat sertifikatlarini joriy etish va o‘qitish, shuningdek, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan shartnomalar tuzilishi kutilmoqda.

424 Чоп етиш
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech