2024-yilning 26-28-mart kunlari “O‘zekspomarkaz” AK barcha pavilonlarida “Oziq-ovqat mahsulotlari, ingredientlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2024” 23-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmada 26 mamlakatdan 370 dan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada oziq-ovqat sanoati uchun keng turdagi uskunalar, qadoqlash, shuningdek, tayyor mahsulotlar qatori namoyish etilmoqda.
Ko'rgazma Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group tomonidan tashkil etilgan.