Ру Ўз O'z En

Ko‘rgazmalar rejasi

20-yubiley Хalqaro “Tog`-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2026” ko‘rgazmasi

27 Oktyabr - 28 Oktyabr 2026

"O‘zekspomarkaz" MKK" AJ Pavilonlar № 1, 2

ITECA EXHIBITIONS

Bu yil o‘zining 20 yillik yubileyini nishonlayotgan “MiningMetals Uzbekistan” mintaqadagi eng nufuzli sanoat ko‘rgazmalaridan biri bo‘lib, eng ilg‘or texnologik yechimlar va innovatsiyalarni namoyish etish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, savdo hajmini oshirish, distribyutorlarni toppish uchun samarali maydon hisoblanadi.

Ko‘rgazma ishtirokchilarga yangi mahsulotlarni taqqoslash va sinab ko‘rish, potensial mijozlardan qimmatli fikr-mulohazalarni olish, rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash hamda sanoat bo‘yicha eng dolzarb ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi.

Ko‘rgazmaning muhim qismi — O‘zbekistonning 8-xalqaro kon-metallurgiya forumi (UIMF 2026) bo‘lib, u davlat va biznes o‘rtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Tashkilotchi: ITECA EXHIBITIONS
Tel.: +998 71 205 18 18
E-mail: post@iteca.uz
Veb-sayt: https://mining.uz

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech