2024 yil 22-23 avgust kunlari Toshkentda «Oʻzekspomarkaz» AJ MKK maydonlarida Oʻzbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi va Ozarbayjon iqtisodiyotiga bagʻishlangan koʻrgazma boʻlib oʻtadi. Ozarbayjon iqtisodiyotiga bagʻishlangan koʻrgazma «Iqtisodiyotning asosiy yoʻnalishlari – oʻzaro rivojlanish yoʻlidagi qadam» nomli boʻlib, Ozarbayjonning iqtisodiy yutuqlari va imkoniyatlarini namoyish qilish uchun muhim maydonga aylanadi. Koʻrgazmada mehmonlar Ozarbayjonning sanoat, mudofaa sanoati, transport infratuzilmasi va yuk tashish, raqamli rivojlanish va innovatsiyalar, turizm, toʻqimachilik va okkupatsiyadan ozod qilingan hududlarni tiklash va rivojlantirish kabi turli iqtisodiyot tarmoqlaridagi mahsulot va xizmatlar bilan tanishadilar. Alohida eʼtibor «Ozarbayjon-Oʻzbekiston» mavzuli bloklariga hamda COP29ga qaratiladi. Koʻrgazmada shuningdek «Made in Azerbaijan» brendi ostidagi mahsulotlar, jumladan, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar, konserva mahsulotlari, asal, qandolat mahsulotlari, gilamlar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar taqdim etiladi.