Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Noyabr 2023

"Agroexpo Uzbekistan 2023” hamda “Agrotech va Agromash Expo 2023” qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari o‘z ishini boshladi

Respublikamizning Milliy ko'rgazma majmuasi "O'zekspomarkaz“ ning 1 va 2 chi pavilIonlarida "Agroexpo Uzbekistan 2023” hamda “Agrotech va Agromash Expo 2023” qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari o‘z ishini boshladi.

Ko'rgazmada Qishloq xo'jaligi vazirligi vakillari, agrar sohada faoliat olib borayotgan tadbirkorlar va yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etmoqda. Кo‘rgazmada 20 dan ortiq rivojlangan davlatlardan 170 ga yaqin kompaniyalar agrosanoat majmuasining zamonaviy texnologiyalari, mahsulotlari, uskunalari va yangiliklarini namoyish etishmoqda.

Ko'rgazma biznes yuritish va ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlash uchun samarali platforma bo'lib xizmat qiladi. Bugun va ertaga ko'rgazma doirasida "O'zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish muammolari va istiqbollari" mavzusida xalqaro konferensiya ham tashkil etiladi. Ertaga bo'lib o'tadigan anjuman esa parrandachilik mavzusiga bag'ishlanadi.

Ko'rgazmaning ish vaqti:
29 Noyabr 10.00 - 17.00
30 Noyabr 10.00 - 17.00
1 Dekabr 10.00 - 17.00

‼️ Tashrif buyurishga va taqdim etilgan mahsulotlar bilan tanishishga ulguring!

672 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech