2025-yil 19–21-sentabr kunlari Yapon bog’ida “Teplo Autumn Fest 2025” festivali bo’lib o‘tmoqda. Bu yilgi festivalda sehrli olam va ertak qahramonlari hayotiy voqelik bilan birlashadi.
Mazkur kuzgi festival doirasida 100 ta mahalliy brendlar, jonli musiqa, turli xil taomlar, shirinliklar va ichimliklar bilan fudzonalar, ishtirokchilarning qiziqarli ma’ruzalari, ijodiy mahorat darslari, qulay dam olish zonalari, fotozonalar hamda kitob o`qish uchun maxsus maydon taqdim etiladi.
Mazkur festival doirasida 100 ta mahalliy brendlar, jonli musiqa, turli xil taomlar, shirinliklar va ichimliklar bilan boyitilgan fudzonalar, ishtirokchilarning ilhomlantiruvchi ma’ruzalari, ijodiy mahorat darslari, qulay dam olish zonalari, betakror fotozonalar hamda kitob mutolaasi uchun maxsus mo‘ljallangan sokin maydon taqdim etiladi.
Shuningdek, festival mehmonlari Dudeontheguitar, Saya Musa, Laylo, Rishat Band kabi ijrochilarning konsert dasturidan bahramand bo’lishadi.
Tashrif buyuruvchilar mahalliy ustalarning noyob mahsulotlari, dizaynerlik liboslari va qo‘l mehnati bilan yaratilgan buyumlarni xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
Festival ishlash vaqti: 12:00 dan 21:00 gacha
Chiptalar narxi:
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – bepul
- 3 yoshdan 12 yoshgacha – 30 000 so‘m
- Kattalar uchun – 60 000 so‘m
- Nafaqaxo‘rlar uchun – 10 000 so‘m