2023-yilning 28-fevralidan 3-martiga qadar АJ “O‘zekspomarkaz” MKM ko‘rgazma maydonlarida “Qurilish – UzBuild 2023” 24-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
“Qurilish – UzBuild 2023” xalqaro ko‘rgazmasi – O‘zbekiston qurilish industriyasidagi muhim voqea bo‘lib, o‘z ekspozitsiyasini 15 000 kv.m maydonda, ya’ni barcha ko'rgazma pavilyonlarida, shuningdek ochiq maydonlarda. Ishtirokchilar soni 22 davlatdan: Avstriya, Belarus, Germaniya, Daniya, Hindiston, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg'iziston, Niderlandiya, Polsha, BAA, Rossiya, AQSh, Turkiya, Turkmaniston, O‘zbekiston, Finlyandiya, Shveytsariya. 60% xorijiy ishtirokchilar, 40% - mahalliy ishtirokchilar.
Ko‘rgazma tashkilotchilari Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group hisoblanadi.
Ko‘rgazmaning ishbilarmonlik dasturi doirasida 2023-yilning 28-fevral – 1-mart kunlari yetakchi qurilish kompaniyalari vakillari, mutaxassislar, xalqaro ekspertlarni bir yo‘nalishda birlashtirgan ICCI 2023 4-Qurilish sanoati konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Ko'rgazmani rasmiy qo'llab-quvvatlash quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
• O‘zbekiston Respublikasi Qurilish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
• O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
• “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
• “QurilishMashLizing” RSLK OAJ
• O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi