Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Noyabr 2025

“UzAgroExpo 2025”, “UzProdExpo 2025” va “InterPackExpo 2025” Xalqaro ko`rgazmalari

2025-yil 18–20 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK AJda agrar, oziq-ovqat va qadoqlash sohasidagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarni birlashtiruvchi «UzAgroExpo 2025», «UzProdExpo 2025» va «InterPackExpo 2025» xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.

“UzAgroExpo-2025” qishloq xo‘jaligi uchun keng ko‘lamli yechimlarni taqdim etadi: qishloq xo‘jaligi texnikasi, agrokimyo mahsulotlari, sug‘orish tizimlari, chorvachilik uchun jihozlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari.

“UzProdExpo-2025” tashrif buyuruvchilarni oziq-ovqat sanoatining zamonaviy texnologiyalari, qayta ishlash uskunalari, tarkibiy qismlar, ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari bilan tanishtiradi.

“InterPackExpo-2025” qadoqlash sanoati mutaxassislarini birlashtiradi: qadoqlash, markalash va etiketlash uskunalari, poligrafiya hamda omborlash uchun yechimlar.

Ko‘rgazma 1-sonli pavilyonda bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazma tashkilotchisi: “IEG Uzbekistan” kompaniyasi.

16 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech