Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Noyabr 2025

“E-Tech Expo 2025” Xalqaro Ko‘rgazmasi

2025 yil 11–13 noyabr kunlari “O’zekspomarkaz” MKK” AJning ko’rgazma maydonlarida “E-Tech Expo 2025” xalqaro ko’rgazmasi o’tkazilmoqda.

“E-Tech Expo 2025” ko’rgazmasi elektrotexnika sanoati, elektronika, avtomatlashtirish, robototexnika, boshqaruv tizimlari va raqamli texnologiyalar sohalaridagi asosiy yo’nalishlarni namoyish etadi.

Ko’rgazma ekspozitsiyasi 3 va 4-sonli pavilonlarda joylashgan bo‘lib, 1 500 kv.m maydonni egallaydi. Tadbirda 30 ta kompaniya jumladan Xitoy, Germaniya, Rossiya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqda.

Ko’rgazma doirasida seminarlar, taqdimotlar, uchrashuvlar va plenar sessiyalar o’tkaziladi, bu esa yuqori texnologiyalar sohasida tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

11 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech