Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Iyun 2025

UZIME 2025 — Xalqaro mashinasozlik ko‘rgazmasi

2025 yil 23–25 iyun kunlari “O’zekspomarkaz” MKK” AJda UZIME 2025 — Xalqaro mashinasozlik ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Ko’rgazmaning asosiy maqsadi — O’zbekiston bozoriga chet el kompaniyalari va korxonalarini jalb qilish, hamkorlik va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat. Ko’rgazma mashinasozlik sohasining asosiy yo’nalishlarini qamrab oladi, jumladan: qurilish, energetika va ishlab chiqarish uskunalari.

Ko’rgazmada qurilish, ishlab chiqarish, metallurgiya, konchilik, energetika va suv xo’jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan taxminan 70 ta mahalliy va xalqaro korxona ishtirok etadi.

Ko’rgazmaga tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar uchun (18 yoshdan kattalar) har kuni qimmatbaho sovg’alar joylangan lotereya o’yinlari tashkil etiladi. Har bir mehmon iPhone 16 yutib olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

“UZIME 2025” qurilish va energetika sohalarida innovatsion yechimlarni taqdim etish, tajriba almashish va uzoq muddatli hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun betakror platformaga aylanadi.

Ko’rgazma tashkilotchisi: «ALPHA EXPO» MChJ

56 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech